“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 11:45
ЎЗO‘Z

Guldek oilani buzgan SMS...

11 iyul, 12:13 4 790 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Guldek oilani buzgan SMS... Qo‘qon shahar xotin-qizlar qo‘mitasi qoshidagi Ayollar ijtimoiy reabilitatsiya va moslashuv markazi mutaxassislari o‘rganib, muhokama qilgan bir voqea tafsilotini eshitib, beixtiyor Parvardigori olamning: “Ey Payg‘ambar ayollari! Agar taqvodor bo‘lsangiz, (o‘zga) ayollarning birortasi kabi emasdirsiz. Bas, sizlar (nomahram erkaklarga) mayin so‘z qilmangiz, aks holda qalbida buzuqlik bo‘lgan kimsa (sizdan) ta’ma qilib qolur. Yaxshi (to‘g‘ri) so‘zni so‘zlangiz!” (Ahzob surasi, 32-oyat) kalimasi qalbimni titratib o‘tdi. Garchi xitob Nabiy alayhissalom zavjalariga qaratilgan bo‘lsa-da, barchamizga bevosita tallaqli ekanini hayot tez-tez ta’kidlab turadi.

...Uch farzandli ayol yanglishib boshqa telefon raqamiga pul to‘lab qo‘yganidan keyin o‘sha raqam egasi bilan bog‘lanib, pulni o‘z telefoniga o‘tkazib berishini so‘raydi. Notanish odam(erkak)dan esa “Ovozingiz yoqimli, mayin ekan. Gaplashib tursak bo‘ladimi?” mazmunida SMS keladi. Yozishmalar boshlanib ketib shu darajaga yetadiki, erkak ayolning gaplarini o‘qigani sayin “Bu hayotda ancha qiynalgan, qalbi o‘ksigan qiz ekan”, degan fikrga keladi va g‘oyibdan (SMSlar orqali) uning ko‘nglini ko‘tarishga harakat qiladi.

Xotinining telefondagi yozishmalarini o‘qib qolgan er va bundan xabar topgan qaynona ayolni xiyonatkorlikda ayblashmoqda, oila buzilish arafasida, uch farzand chirqillab turibdi.

– Men u ayolning eri, farzandlari borligini bilmadim, ko‘rganim ham yo‘q, – deydi SMSlar yozgan – hali uylanmagan yigit alohida suhbatda. – Agar oila buzilib ketsa, bir umrlik iztirobda qolaman.

– Otam o‘lgan, onam bilan singlim chetga ishlagani ketishgan. Turmush qurganimizga o‘n yil bo‘ldi. Dastlabki besh yilda erim bilan ahil-inoq edik. Lekin keyin u boshqa ayolga aylanishib qoldi, qaynonam bu holni bilib bilmaganga oladi. Erimning men bilan unchalik ishi yo‘q. Yolg‘izman, dardimni kimga aytishni bilmayman, – deb yig‘laydi ayol. Bu gap bilan o‘z yozishmalari sababini izohlamoqchi bo‘ladi, ammo...

“Agar ovozi tabiatan yoqimli, mayin bo‘lgan taqdirda ham, notanish erkak odob chegarasini buzib mulozamat-maqtov qilgan dastlabki lahzalardayoq ayol “Pulimni telefonimga qaytaring” qabilidagi jiddiy iltimos bilan gapga nuqta qo‘yishi to‘g‘ri yo‘l bo‘lardi. Tanimagan, bilmagan odamingga (birovning xotini va uch bolaning onasi ekaningni aytmasdan) ahvolu holingni dasturxon qilib, ko‘ngling yarimligini bildirib his-tuyg‘ularga berilish – o‘zing nikohida bo‘lgan erkakka xiyonat. Oila sirini begonaga aytish yaxshimas, bu bilan nimaga erishdi?” – voqeadan xabardor bo‘lganlarning aksariyati shunday fikrda.

Onam rahmatlining bir ajoyib odat-o‘gitlari yodimga tushdi: qo‘ni-qo‘shni, qarindosh-urug‘dagi ayollardan birontasi eri yoki qaynonasidan nolib, xafa bo‘lib qolsa, “Shunday paytda siz bolalaringizga qarang. Ular qanday shirin, sizning eng katta yupanchingiz. Gaplashing, birga ishlaringizni bajaring, ko‘nglingiz yorishadi”, der edilar. Haqiqatan ham, ayol Allohning eng bebaho ne’mati – uch farzandga ona bo‘la turib, ularning shukrini qilib, quvonchu tashvishlari bilan yashamay, “Yolg‘izman, dardimni kimga aytishni bilmayman”, deb o‘zi tanimagan odamga his-tuyg‘ularini oshkor etishini hech kim oqlamasa kerak.

Yana bir mulohaza: qars ikki qo‘ldan chiqadi. Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi va sallamning: “Imoni eng komil mo‘min xulqi eng go‘zalidir. Sizlarning eng yaxshilaringiz ayollariga yaxshi munosabatda bo‘lganidir” (Imom Termiziy rivoyati) degan hadislari barcha oila boshliqlariga har kuni to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib turadigan nasihat, ibratdir. Yuqoridagi voqeaga qaytsak, agar oila qurilganining dastlabki yillaridagi ahillikni, o‘zaro mehr-hurmatni asrab, mustahkamlashga eru xotin birdek sabr-toqat, yaxshi niyat bilan harakat qilishganda, ko‘ngilxiraliklar, ishonchsizliklarga yo‘l ochilmasmidi...

Bugun xotinidan norozi er ajralish niyati qat’iy ekanini aytmoqda, ro‘zg‘ori buzilsa boradigan joyi yo‘q ayol-ona esa o‘zini oqlashga urinadi, aro yo‘lda turgan uch bolani kattalar unutgandek... Ulamolar adashgan ayolini kechirib, uni to‘g‘ri yo‘lga solib, oilani saqlab qolgan erkakka alohida savob berilishini aytganlar. Oila boshlig‘i himmat, shafqat, farzandlari oldidagi mas’uliyatga sadoqat bilan xayrli yo‘l tutsa, nur ustiga nur bo‘lardi.

Busiz ham turfa va kutilmagan voqealar sababchisi – telefondagi shunchaki, o‘ylab-o‘ylamasdan, ko‘ngil maylini yengolmay amalga oshirilgan SMSlarga aloqador odamlarni ovoza etmoq uchun qog‘oz qoralamadik. Qur’oni karimda ayollarga qarata yana marhamat qilinadi: “O‘z uylaringizda qaror topingiz, (ko‘chaga chiqqaningizda) ilgarigi johiliyat (davri) yasanishidek yasanmangiz! Namozni barkamol ado etingiz, zakotni beringiz hamda Alloh va Uning payg‘ambariga itoat etingiz!..” (Ahzob surasi, 33-oyat).

Mehribon va rahmli Alloh mo‘mina ayollarga ovozi, tuyg‘ulari, libosiyu yurish-turishigacha begona erkaklardan hayo-andisha niqobi bilan to‘sishni buyurgan. Shunda ularning qalbi halovatli, hayoti osoyishta kechadi, inshaalloh. Mulohazalarga shu o‘rinda nuqta qo‘ymoqchiyidim, nogoh o‘ylab qoldim: qo‘l telefonlarimizga ijtimoiy tarmoqlar orqali “oqib” kelayotgan suratlarning aksari ayollar, qizlarning qiyofalari.

Kap-katta yoshli buvilar ham bog‘dayu tog‘da goh undoq, goh bundoq kiyinib, o‘ynab-kulib yurgan-turganidan olamga xabar berishga ruju qo‘yishi oddiy holat bo‘lib qoldi. Ulardan qolishmaslikka urinayotgan qizlar, qizchalar qancha!.. Hayo pardalari ko‘tarilgan rasmlarni ko‘rgach, nafsning, shaytonning qutqusiga taslim bo‘lgan qalblarda bu onalar, opa-singillardan nimalarnidir oshkoru pinhon tama qilish niyati tug‘ilib, oqibati noxushlik bilan tugayotgani ham yangilik emas.

Ayol (erkak)lik sha’niga, davlat, shariat, insoniylik talabu qoidalariga zid bo‘lgan har qanday harakat, qadamni “Odamlar bilmaydi, ko‘rmayapti-ku!” deb o‘zimizni aldamaylik. Zero, to tirik ekanmiz, barcha amallarimizga munosib ajru mukofot berishi muqarrar bo‘lgan Haq taolo kuzatuvidamiz.

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 6
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 98
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 212
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 54
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 276
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 0
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 0
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 1
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 5
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 17
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 44
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 97
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 64
  • Pavel Durov terror targ‘ibotchilari bloklanayotganini e’lon qildi 29 mar, 07:37 41
  • Qon bosimini dorilarsiz uy sharoitida tushirish yo‘llari 29 mar, 07:07 67
  • Kongo sharqidagi janglar 6 millionga yaqin odamni uylarini tashlab ketishga majbur qildi 29 mar, 06:36 42
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 105
  • Bo‘limlar