“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 23:49
ЎЗO‘Z

Go‘zallikmi yoki coxtalik…

11 iyul, 10:41 2 893 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Go‘zallikmi yoki coxtalik… Masalan, birovlar o‘z badaniga har xil naqsh va rasmlar chizdirishadi. Bu esa Yaratgan bergan husnga norozilikdan o‘zga narsa emas. Bular tatuirovka va tatuaj kabilardir. Parvardigor nafaqat bandalarini go‘zal suratda yaratdi, balki boshqa maxluqlarga berilmagan aql va halol rizq kabi tengi yo‘q ne’matlarini ham ato qildi. Mana shu ne’matlar uchun shukur qilish o‘rniga o‘z jismiga ozor berib, chiroyli suratni o‘zgartiruvchilar noshukur bandalardir. Xo‘sh, tatuirovka va tatuaj nima, qanday chiziladi?

Tatuirovka – turli xil shakl, rasm va naqshlar chizish uchun teri ostiga bo‘yovchi moddalarni singdirishdir. Avvallari tatuirovka qildiruvchilar juda sanoqli bo‘lardi. Hozir esa u ommaviylashib, ba’zi yoshlarning faxriga aylangan, hattoki bunga ayollar ham ruju qo‘ydi. Aslida bunday odat yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Tarixiy kitoblarda yozilishicha, tatuirovkaning qadimiy ko‘rinish­lari ibtidoiy jamoa tuzumi davrida vujudga kelgan. Avvaliga bir qabila a’zolarini boshqa qabiladan ajratib ko‘rsatish uchun qo‘llangan belgi ke­yinchalik ashaddiy jinoyatchilar uchun jazo vositasiga aylangan. Yevropaga tatuirovkani XVIII asrda siyosatchi Jeyms Kuk olib kirgan. Ammo qaysi manbani qidirmaylik, xalqimiz o‘tmishida tatuirovka to‘g‘risida biror ma’lumot topilmaydi.

Tatuaj ham tatuirovka kabi chiziladi. Tatuaj uzoq muddatgacha pardoz buyumlarini unutib, lab, ko‘z va qoshga shakl berish, teri nuqsonlari bo‘lmish chandiq va dog‘larni yashirish, xol qo‘yish yoki tabiiy xollarga biroz rang berish, umuman har qanday vaziyatda go‘zal ko‘rinish imkonini beradi. Biroq ayol va qizlarimiz tatuajning sog‘liqqa, qolaversa, tashqi ko‘rinishga sezilarli darajada ziyon yetkazishini bilisharmikan? Soxta go‘zallik deb o‘z salomatligidan ayrilishini ko‘pchilik bilmasa kerak.

Hozirgi kunda tatuirovka qildiruvchilar ancha ko‘paygan. Ularning asosiy qismi yoshlar, o‘spirinlar. O‘zini zamonaviy qiz va ayollar deb biluvchilar orasida tatuaj keng tarqalmoqda. U go‘zallik salonlarida ishlovchilarning sevimli mashg‘ulotiga aylanib bo‘lgan. Tib mutaxassislari tatuirovka va tatuaj inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydilar. Xavotirli jihati shundaki, buning oqibatida yuqumli kasalliklar tarqalishi ko‘paymoqda. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, tatuaj uchun ishlatiladigan bo‘yoqlar tarkibida saraton xastaligini chaqiruvchi modda borligi aniqlangan.

Badanga turli xil shakllarni chizish va chizdirish islom dinida katta gunoh hisob­lanadi.

Ibn Umar roziyallohu anhu rivoyat qilishicha, Rasululloh s.a.v. soch ulaguvchi va soch ulatuvchi hamda (xolga o‘xshash birorta) belgi qo‘yuv­chi va qo‘ydiruvchi ayollarni la’natlagan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy s.a.v.: «Alloh ulama qiluvchi ayolni ham, ulama qildiruvchi ayolni ham va vashm qiluvchi ayolni ham, vashm qildiruvchi ayolni ham la’natlasin» dedilar». Ya’ni, johiliyat davrida «vashm» – yasama xol qo‘yish ham avj olgan edi. Ayollar soxta chiroy ishtiyoqida o‘zlarining sog‘ badanlarini igna ila teshtirib qon chiqarib, jarohat o‘rniga surma yoki shunga o‘xshash birorta modda sepib yasama xol qo‘yishar edi. Buni amalga oshiradigan mutaxassis ayollar bor edi. Kim soxta xol qo‘ydirmoqchi bo‘lsa, o‘shalarga murojaat qilardi.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot «Alloh taolo (xolga o‘xshash birorta) belgi qo‘yuvchi va qo‘ydirguvchi, qosh­larni terib ingichka qildiruvchi, yakkam-dukkam tishlarni chiroyli bo‘lishi uchun egovlatuvchi va Alloh yaratgan narsalarga o‘zgartish kirituvchilarni la’natlagan» deganlarida bir xotin Ibn Mas’ud­ga e’tiroz bildirgan edi, shunda Ibn Mas’ud roziyallohu anhu «Allohning Rasuli la’natlagan bo‘lsa, qanday qilib men la’natlamayin?! Holbuki, Alloh taolo Qur’oni karimda: “Payg‘ambar sizlarga keltirgan narsani olingiz, u sizlarni qaytargan narsadan qaytingiz va Allohdan qo‘rqingiz!” (Hashr surasi 7-oyat) degan» deb javob qildilar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).

Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz kerakki, tibbiy va ilmiy jihatdan ularning zararli oqibatlaridan xabardor kishi bunday bo‘lmag‘ur ishga qo‘l urmasligi tabiiy. Na o‘zligimizga va na dinimizga to‘g‘ri keladigan, imonimiz, jismimizga zarar keltirishdan boshqa narsaga yaramaydigan bu kabi ommaviy madaniyat ta’siridan biz o‘zimizni va bosh­qalarni asramog‘imiz lozim.

Manba: Huquq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 59
  • Futzal. O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionatining mezbon shaharlari bilan tanishing (video) 19 apr, 16:32 195
  • Toshkent viloyatida jahl ustida mijozining sochini kalga olib tashlagan sartarosh uzr so‘radi (video) 19 apr, 16:09 167
  • 2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi 19 apr, 13:11 113
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 1
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 0
  • «Ko‘z o‘ngimizdagi haqiqat». Alonso qaysi jamoani tanlagan? 19 apr, 22:00 1
  • Dubayda 50 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qolib ketgani aniqlandi 19 apr, 21:30 14
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 30
  • Futzal bo‘yicha Osiyo Kubogi. O‘zbekiston 2-turda Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi 19 apr, 20:41 97
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 34
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 162
  • Iborohimhalil Yo‘ldoshev: "Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" 19 apr, 19:13 63
  • Shomurodov qaytgach «Yuve»dan ko‘proq ochko yig‘ayotgan «Kalyari». «Inter»dan keyin «Yuve» ham to‘xtatiladimi? 19 apr, 18:48 140
  • Isroil Madrimov mutlaq chempion Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tarilishi mumkin 19 apr, 18:28 50
  • G‘azodagi urush Isroil iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi? 19 apr, 18:00 179
  • Bo‘limlar