“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:50
ЎЗO‘Z

JSST qat’iy karantinning qaytarilishiga qarshi chiqdi

11 iyul, 08:37 3 514 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
JSST qat’iy karantinning qaytarilishiga qarshi chiqdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishi oldini olish uchun qat’iy karantin qaytarilishiga qarshi chiqmoqda, biroq ba’zi davlatlarda bunday zarurat yuzaga kelishi mumkinligini istisno qilmayati. Bu haqda JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan aytib o‘tdi.

Biz qat’iy karantin qaytarilishiga qarshimiz, biroq bu yagona chora bo‘lishi mumkin bo‘ladigan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin”, deb aytgan Rayan.

Biz va ko‘plab olimlar qat’iy karantin tugashi bilan har doim kasallikning yangi o‘choqlari xavfi bo‘lishi, virus tarqalishiga imkoniyat paydo bo‘lishini aytganmiz”, deb ta’kidlab o‘tgan Rayan va JSST statistikani kuzatib borish uchun doim karantinni sekin-asta, bosqichma-bosqich bekor qilishni tavsiya qilganini qo‘shimcha qilgan.

Hozirda biz bu virusni to‘liq yo‘q qila olishimiz ehtimoli kam”, deb aytgan JSST vakili va virus hattoki orol davlatlarga ham qaytishi mumkinligini istisno qilmagan.

Bizni virus avj olishi va uning tezda tarqalishi yuz beradigan yirik klasterlar xavotirlantirmoqda. Ular yangi o‘choqlarni keltirib chiqarishi mumkin”, deb aytgan Rayan. U bu vaziyatni o‘rmon yong‘inlariga qiyoslagan. “Qat’iy karantindan keyin kasallik avj olishlarini sinchkov kuzatib, ularni tezkorlik bilan bartaraf etmoq lozim”, deb ta’kidlab o‘tgan JSST vakili va virus tarqalishi oldini olishdagi muhim choralar sifatida ijtimoiy masofaga rioya qilish, niqoblar taqish va tahlillar o‘tkazishni keltirib o‘tgan.

Biz shu yo‘l bilangina kasallikning ikkinchi to‘lqini va qat’iy karantinga qaytishdan qochishimiz mumkin”, deb o‘z so‘zlarini nihoyalagan Rayan.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 2
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 57
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 266
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 433
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 494
  • So'nggi yangiliklar
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 0
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 55
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 8
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 14
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 80
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 303
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 24
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 265
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 151
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 64
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 69
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 144
  • Bo‘limlar