“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 17:22
ЎЗO‘Z

BMT yaqin 5 yil ichida sayyoradagi harorat 1,5 darajaga ko‘tarilishini prognoz qildi

11 iyul, 08:02 1 971 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
BMT yaqin 5 yil ichida sayyoradagi harorat 1,5 darajaga ko‘tarilishini prognoz qildi Foto: TASS/NASA/SPL/Barcroft
BMTning prognozlariga ko‘ra, yaqin 5 yil ichida dunyodagi harorat 1,5 darajaga ko‘tariladi. Avvalroq ushbu daraja iqlimning falokatli o‘zgarishlarining oldini olish uchun eng yuqori ko‘rsatkich qilib belgilangandi. Agar harorat shu darajadan ko‘proqqa oshsa, falokatli o‘zgarishlar yuz berishi mumkin.

Jahon meteorologik tashkiloti yildan yilga o‘zgarib turadigan o‘rtacha yillik harorat 2020 yildan 2024 yilgacha oraliqdagi istalgan yilda 1,5 darajaga ko‘tarilishining 20 foiz ehtimolligi mavjudligini aytdi”, deb ta’kidlab o‘tilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu dunyo 1,5 darajalik chegaradan o‘tishini anglatmaydi.

Jahon meteorologik tashkiloti bosh kotibi Petteri Taalasning ta’kidlashicha, Janubiy Afrika va 2019 yilda o‘rmon yong‘inlari millionlab gektar yerini yo‘q qilgan Avstraliyani 2024 yilgacha yanada kuchliroq qurg‘oqchilik kutayotganini, Afrikadagi Sahel mintaqasi esa yanada namroq bo‘lishini aytgan.

O‘z navbatida, Yevropa ko‘proq dovullar ko‘rishi, Shimoliy Atlantikaning shimoliy qismida esa shamol kuchliroq bo‘lishi mumkin.

Bunday prognozlar Jahon meteorologik tashkilotining harorat, yog‘ingarchilik va shamollar bo‘yicha qisqa muddatli prognozlarni taqdim qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarining bir qismi hisoblanadi. Ular davlatlarga iqlim o‘zgarishi ob-havo sharoitlarini qanday buzishi mumkinligini kuzatishida yordam berish uchun taqdim qilinadi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 107
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 289
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 451
  • So'nggi yangiliklar
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 0
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 0
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 12
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 10
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 106
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 23
  • Toshkentda 29 mart kuni «Avtomobilsiz kun» tadbiri o‘tkaziladi 28 mar, 14:24 20
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 48
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 288
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 66
  • Usmonovning shikoyati bo‘yicha Germaniyada ikki prokurorga nisbatan ish ochildi 28 mar, 12:49 132
  • Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda 28 mar, 12:00 450
  • Bo‘limlar