“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 18:06
ЎЗO‘Z

Ford xodimlari rahbariyatdan politsiya uchun mashinalar ishlab chiqarishni to‘xtatishni talab qilishdi

10 iyul, 21:45 2 553 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ford xodimlari rahbariyatdan politsiya uchun mashinalar ishlab chiqarishni to‘xtatishni talab qilishdi Foto: Ford
Ford xodimlari kompaniya rahbariyatiga maktub yozib, unda amerikalik politsiyachilar uchun avtomobil ishlab chiqarishni va yetkazishni to‘xtatishni talab qilishdi. Ularning fikricha, bunday mashinalar AQSHdagi irqchilik ramzlaridan biri hisoblanadi.

Jalopnik nashrining yozishicha, maktubga 100 ga yaqin ishchi imzo qo‘ygan va u kompaniya bosh direktori Jim Xakett hamda direktorlar kengashi raisi Bill Fordga yo‘llangan.

Bu orada kompaniya rahbari politsiya mashinalarini ishlab chiqarishni to‘xtatishdan bosh tortgan. U politsiya aynan shu avtomobillar evaziga barcha fuqarolar xavfsizligini eng yuqori darajada ta’minlashini aytgan.

AQSHda politsiya zo‘ravonligi va irqchilikka qarshi namoyishlar politsiyachi tomonidan qora tanli Jorj Floyd o‘ldirilgandan keyin avj olgan. Ta’kidlanishicha, Floydning qo‘lga olinishi aynan Ford rusumidagi politsiya mashinasi oldida yuz bergan. Shuningdek, bunday mashinalardan namoyishchilarni tarqatishda foydalanilgan.

Ford AQSH politsiyasi uchun mashinalarni 1950 yildan beri ishlab chiqaradi. Kompaniya yiliga 30 mingtaga yaqin maxsus transport vositasi ishlab chiqaradi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 134
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 112
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 161
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 248
  • So'nggi yangiliklar
  • Uzcard va Humo terminallari integratsiyasi test rejimida ishga tushirildi 23 apr, 16:31 29
  • O‘zbekiston va Britaniya TIV rahbarlari hamkorlik to‘g‘risida ikkita hujjat imzoladi 23 apr, 16:00 24
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 88
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 134
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 82
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 80
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 37
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 453
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 50
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 30
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 41
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 29
  • Bo‘limlar