“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 13:06
ЎЗO‘Z

Coca-Sola Uzbekistan dunyodagi eng yirik banklardan birining yordamida xususiylashtiriladi

10 iyul, 20:12 2 624 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Coca-Sola Uzbekistan dunyodagi eng yirik banklardan birining yordamida xususiylashtiriladi Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd. ustav kapitalidagi davlat ulushi xususiy investorga sotiladi. Aynan shunday vazifa oziq-ovqat sanoatining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, chet el investitsiyalarini jalb qilib sohaga zamonaviy ishlab chiqarish va boshqaruv texnologiyalarini joriy etish maqsadida qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan belgilandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ushbu jarayonning samaradorligi va oshkoraligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi. Investorlar bilan ishlashni tashkil qilish, shuningdek, davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida dunyoning yetakchi banklaridan moliyaviy maslahatchi sifatida JP Morgan, Rothschild & Co, Credit Suisse banklari orasidan biri tanlanadi.

JP Morgan Chase — Amerika moliyaviy xolding kompaniyasi. AQSHdagi «Katta to‘rtlik» banklaridan biri sanaladi. 2003 yildan hozirgi kungacha aynan Coca-Cola brendi bilan bog‘liq 15 ta yirik (miqdori 448 million dollardan 6 milliard dollargacha) kelishuvlarda ishtirok etgan. JP Morgan ichimliklar sohasidagi eng yirik maslahatchilardan biri bo‘lib, Coca-Cola bilan bevosita ish olib borish va uning bitimlarida maslahatchi sifatida ishtirok etish bo‘yicha tajribaga ham ega.

Credit Suisse Shveysariyaning ikkinchi yirik moliyaviy konglomerati bo‘lib, 7 ta bo‘linmadan iborat. Ushbu bank ichimliklarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan ishlash bo‘yicha shubhasiz dunyo yetakchilaridan biri bo‘lib hisoblanadi hamda tegishli ravishda oxirgi 20 yilda 30 milliard AQSH dollariga yaqin Coca-Cola kompaniyasini turli mamlakatlarda sotish va birlashtirish jarayonlarida moliyaviy maslahatchisi sifatida ishtirok etgan.

Rothschild & Co xalqaro moliyaviy xolding kompaniyasidir. So‘nggi 8 yil mobaynida, bank Coca-Cola guruhi bilan bog‘liq 10 dan ortiq bitimlarda maslahatchi sifatida qatnashgan. Shu jumladan, Costa Coffee’ni sotib olish bo‘yicha 2018 yilda 5,1 milliard dollar miqdoridagi kelishuv bo‘yicha bank tomonidan maslahat xizmatlari ko‘rsatilgan. Bu o‘z navbatida bank nafaqat ichimliklar sohasida, balki Coca-Cola guruhi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish bo‘yicha boy tajribaga ega ekanligini namoyish etadi. Bank jahon investitsion banklarining Top-10 taligiga kiritilgan bo‘lib, Yevropa mamlakatlarida barqaror yetakchi o‘rinlarni saqlab turibdi.

Shuningdek, Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd. ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish jarayonini umumiy muvofiqlashtirish, shu jumladan, birinchi bosqichda kompaniyani baholash (due diligence), sotish strategiyasini ishlab chiqish, biznes-reja va moliyaviy model tayyorlash vazifalari qo‘yiladi. Ikkinchi bosqichda salohiyatli investorlarni aniqlash uchun raqobat jarayonini tashkil qilish, munozaralarda ishtirok etish, eng yaxshi taklifni tanlash bo‘yicha maslahat berish, sotish hujjatlarini tayyorlash va imzolashni tashkil qilish xizmatlarini taqdim etadi.

Bunday yondashuv xususiylashtirish savdosini shaffof va samarali o‘tkazib, kelgusida xususiylashtirishga investorlarni jalb qilish uchun namuna yoki benchmark bo‘ladi. Ushbu jarayondan asosiy maqsad — kompaniyani modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni jalb qilish, korporativ boshqaruvni yaxshilash orqali kompaniyaning samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda O‘zbekiston hukumati Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston Ltd. MCHJ QKdagi ulushini xorijiy investorga sotmoqchi ekanligi ma’lum qilingan edi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bitimda vositachi sifatida ishtirok etishi kerak edi. Biroq keyinroq mamlakat hukumatining ustuvor rejalari o‘zgargani sabab jarayon to‘xtab qolgan edi. 2020 yilning mart oyida esa Coca-Cola O‘zbekistonga 31 million dollar investitsiya kiritishni rejalashtirilayotgani, iyun oxirlarida esa Coca-Cola kompaniyasi ommaviy savdolar asosida xususiylashtirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 48
  • Prezident nasos va dvigatel ishlab chiqaradigan korxonaga bordi 25 mar, 23:13 77
  • Toshkentda “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi 25 mar, 18:20 64
  • Xalqaro moliya bozori sharhi: Bitcoin narxi pasaydi va boshqa o‘zgarishlar 24 mar, 21:29 57
  • O‘zbekiston meva-sabzavot eksportida eng katta ulushga ega mahsulot ma’lum qilindi 22 mar, 10:08 117
  • Prezident elektr poyezdlar tarmog‘ini kengaytirishga topshiriq berdi 19 mar, 20:07 68
  • So'nggi yangiliklar
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 0
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 1
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 5
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 22
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 107
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 49
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 85
  • Sirdaryoda egizaklarini bir xonali uyga almashtirmoqchi bo‘lgan ota-onaga hukm o‘qildi 29 mar, 09:36 50
  • Qozog‘istonning bir qancha hududlari toshqinlar tufayli suv ostida qoldi 29 mar, 09:08 90
  • O‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqda tarqatgan ayol ushlandi 29 mar, 08:48 83
  • Shohjahon Ergashev panamalik bokschini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi (video) 29 mar, 08:35 183
  • Oq uy Ukrainaning «Krokus» teraktiga aloqadorligi haqidagi bayonotlarni «targ‘ibot» deb atadi 29 mar, 08:08 94
  • Bo‘limlar