“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 16:32
ЎЗO‘Z

Qozog‘iston bilan chegarada to‘planib turgan 4 mingga yaqin o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

10 iyul, 13:20 2 584 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qozog‘iston bilan chegarada to‘planib turgan 4 mingga yaqin o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi Foto: Tengrinews.kz
Tashqi ishlar vazirligi Qozog‘iston bilan chegaradagi «G‘isht ko‘prik» chegara posti yaqinida to‘planib turgan 4 mingga yaqin o‘zbekistonlik chegaradan o‘tkazilgani haqida xabar berdi.

«Avval xabar qilinganidek, shu yil 1 iyuldan 7 iyulgacha bo‘lgan muddatda «Jibek joli» — «G‘isht-Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punkti orqali 2700 nafardan ortiq hamyurtlarimiz O‘zbekistonga qaytgan. Biroq yuzaga kelgan texnik muammolar tufayli Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidan yurtdoshlarimizni o‘tkazish cheklangan miqdorda amalga oshirildi. Oqibatda bu holat chegarada 3000ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari to‘planib qolishiga sabab bo‘ldi.

Respublika maxsus komissiyasi, DXX Chegara qo‘shinlari va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalarining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida 8 iyul kuni fuqarolarimizning Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidan erkin o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi barcha texnik va tashkiliy masalalar tezkorlik bilan hal qilindi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 8 iyul kuni kechqurun va 9 iyul kuni «Jibek joli» – «G‘isht-Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punktidan 3746 nafar fuqarolarimiz o‘tkazildi.

Hozirgi paytda davlatlararo chegarani kesib o‘tishda muammolar yo‘q, nazorat-o‘tkazish punktlari odatdagidek ishlamoqda, fuqarolarning to‘planib qolishi kuzatilmayapti
», deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Endilikda O‘zbekistonga qaytib kelgan fuqarolar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi.

Bundan avvalroq, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi operativ shtabi Qozog‘iston bilan chegara hududida 3000 nafardan ziyod o‘zbekistonlik to‘planganini rasman tasdiqlagandi.

Bundan tashqari, 7 iyulda Qozog‘iston bilan chegarani kesib o‘tish uchun Samarada yana 1,2 ming o‘zbekistonlik to‘plangani, keyinchalik O‘zbekistonga qaytish uchun Rossiya—Qozog‘iston chegarasida 2000dan ortiq fuqaro to‘plangani haqida xabar berilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 iyul kungi videoselektorda koronavirus pandemiyasi va kuchaytirilayotgan karantin masalasida xalqqa murojaat qilib, «chet elda qolgan fuqarolar albatta olib kelinishi»ni aytib o‘tgandi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 0
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 20
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 22
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 90
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 299
  • So'nggi yangiliklar
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 2
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 17
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 44
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 52
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 41
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 46
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 85
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 32
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 506
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 250
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 57
  • Bo‘limlar