“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 20:11
ЎЗO‘Z

Kredit qarzlari nima bo‘ladi? Markaziy bank tijorat banklariga ko‘rsatma berdi

10 iyul, 14:41 4 044 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Kredit qarzlari nima bo‘ladi? Markaziy bank tijorat banklariga ko‘rsatma berdi Markaziy bank koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish hamda pandemiya davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash, aholi va tadbirkorlik sub’ektlarida kreditlarni qaytarish bilan bog‘liq salbiy oqibatlarni pasaytirish maqsadida vaqtinchalik tartib ishlab chiqdi va ijro uchun barcha tijorat banklariga yubordi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur tartibga ko‘ra, koronavirus pandemiyasining oqibatida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining kredit to‘lovlari muddati qarzdorning pul oqimi tahlilidan kelib chiqib, tomonlarning kelishuviga ko‘ra joriy yilning 1 oktabriga qadar uzaytiriladi.

Xususan, koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi joriy etilgan kuchaytirilgan tartib hamda aholi erkin harakatlanishining cheklangani inobatga olinib, banklarda kredit to‘lov muddatini uzaytirish bo‘yicha yuboriladigan murojaatlarni masofaviy qabul qilish tizimi (jumladan, veb-sayt, internet-banking, mobil ilova, koll-markaz va boshqa muloqot vositalari yordamida) joriy etildi.

Shu bilan birga, karantinning boshlang‘ich davrida aholining kreditlari bo‘yicha navbatdagi to‘lov muddatlarini uzaytirish, qarzdorlarni ortiqcha bezovta qilmaslik uchun banklar tomonidan shartnomalarga bir tomonlama o‘zgartirish kiritish avtomatik ravishda amalga oshirildi.Natijada ko‘p sonli aholini imkon qadar bank binosiga shaxsan tashrif buyurish majburiyatidan ozod etib, ularga «uyda qolish» imkoniyati yaratib berildi.

Qarzdorlarga yaratilgan qulayliklardan yana biri – barcha banklarga koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etilgan davrda kredit bo‘yicha to‘lovlar muddati o‘tganligi va ular muddatlarining uzaytirilganligi uchun mijozlarga jarima choralarini qo‘llamaslik, shuningdek, undiruvni kreditlarning ta’minotiga qaratmaslik yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shu o‘rinda, koronavirus pandemiyasi oqibatida aholi va tadbirkorlik sub’ektlari pul oqimlarining keskin kamayishi banklarning moliyaviy holatiga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida to‘lov muddati uzaytirilgan kreditlarning hisobini balansning «shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar hisobvarag‘i»ga o‘tkazmaslik, bu kreditlar sifati tasnifini yomonroq toifaga o‘zgartirmaslik va ular bo‘yicha qo‘shimcha zahira tashkil etmaslikka ruxsat berildi.

Bundan tashqari, banklar tadbirkorlik sub’ektlarining ishbilarmonlik faolligini oshirish, ularning pul oqimlarida vujudga kelgan uzilishlar o‘rnini qoplash maqsadida aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 9 oygacha bo‘lgan muddatga qayta tiklanadigan revolver kreditlarini ajratmoqda.

Shuningdek, banklarda kreditlash jarayonlarini soddalashtirish, kredit hujjatlarini markazlashgan tartibda va tezkor ko‘rib chiqish hamda inson omilini kamaytirish maqsadida:




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 52
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 60
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 114
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 22
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 96
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 77
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 157
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Futzal. Eron ketma-ket 9 marta jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 24 apr, 16:27 88
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 146
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 184
  • Bo‘limlar