“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 11:52
ЎЗO‘Z

O‘zbek futbolchisi “Spartak Moskva”ga o‘tadimi?

10 iyul, 13:38 2 670 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbek futbolchisi “Spartak Moskva”ga o‘tadimi? Rossiya futbolida qator o‘zgarishlar yuz bermoqda. “Ufa”ni kuchli klubga aylantira olgan bosh direktor Shamil Gazizov xuddi shu lavozimdagi faoliyatini Moskvaning “Spartak” jamoasida davom ettiradigan bo‘ldi.

Ekspertlar Shamil Gazizovni ishni to‘g‘ri tashkil qilish, iste’dodli futbolchilarni tanlash, zarur mutaxassislar bilan til topishishga ustaligini alohida ta’kidlamoqda. Shuningdek, ko‘pchilik Shamil Gazizovdan “Ufa”ga taklif qilgan futbolchilaridan eng zo‘rlarini “Spartak” jamoasiga olib o‘tishini ham kutmoqda.

Birinchi navbatda, yangi bosh direktor “Spartak” boshqaruvini “Ufa”ni raqobatbardosh jamoaga aylantira olgan Vadim Yevseyevga topshirishi mumkin. Qolaversa, “Spartak” duch kelayotgan asosiy muammo – o‘yinni tashkil qilishga qodir futbolchilar masalasini ham “Ufa”da sinovdan o‘tgan charm to‘p ustalari evaziga hal etilishi mumkin.

Demak, ekspertlar Shamil Gazizov birinchi navbatda asosiy e’tiborini uch futbolchiga qaratishini taxmin va tahlil qilmoqda.

“Spartak” markaziy himoyani kuchaytirishi kerak. Bu joyga eng munosib nomzod gruziyalik Jamol Tabidze. 23 yoshli futbolchi joriy chempionatda to‘pni raqibdan olib qo‘yish bo‘yicha peshqadam. U har bir uchrashuvda o‘rtacha uch marotaba raqibni to‘psiz qoldirmoqda. Unda himoyachiga xos barcha xususiyatlar yaxshi shakllangan. Bundan tashqari, turli masofalarga aniq pas berishda ham “Ufa”ning yetakchi futbolchilari qatorida turadi. “Spartak”ning himoyadan va pressingdan chiqishda uzun paslardan foydalanishini inobatga olsak, bu futbolchi o‘z o‘yin usuli bilan moskvaliklarni yanada kuchaytirishi mumkin.

“Ufa”ning ikki o‘yinchisi – Daniil Fomin va Oston O‘runov “Spartak”ning maydon markazidagi ustunligini ta’minlashga qodir.
“Spartak” ba’zan juda sodda o‘ynayapti. Pozitsion hujum tashkil qilishda kamchiliklar bor. “Ufa” vakillari esa bu ishning ustasi.

23 yoshli Fomin markaziy yarim himoyachi sifatida to‘p surishiga qaramay, tez-tez hujumga qo‘shiladi va jamoasining to‘purariga aylanib qolgan. Uning kuchli zarbasi turli masofalardan darvozaga aniq yetib bormoqda. Bundan tashqari, Fomin uzoq masofaga aniq to‘p oshira oladi. Bu “Spartak” hujumchilari Sobolev va Ponse uchun ayni muddao bo‘lardi. Yarim himoyachining yana bir ustunligi doimo himoyaga qaytib o‘ynashida. U mehnatdan qochmaydi.

19 yoshli o‘zbek legioneri Oston O‘runov jamoasining eng yaxshi dribling ustasi. Undan to‘pni olib qo‘yish juda qiyin. Yaqinda aynan “Spartak” jamoasiga qarshi o‘yinda hech kim Ostonga teng kela olmadi. O‘runov texnikasi kuchli futbolchi sifatida fol ishlash bo‘yicha ham “Ufa”da yetakchi hisoblanadi. Raqiblar bir o‘yin davomida unga nisbatan o‘rtacha ikki marta qoida buzadi. Shuningdek, o‘zbek futbolchisi zarbaga moslab to‘p uzatishda peshqadam.

O‘runovning shuncha fazilatini kutilmagan nostandart paslari va yuqori texnikasi ham bezamoqda.

Albatta, “Spartak” bu futbolchilarning barini birdan transfer qila olmaydi. Lekin ular kimnidir tanlashi mumkin. Buni esa vaqt ko‘rsatadi.

Manba: Sports.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Abbosbek Fayzullayev RPLning 24-tur ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi 15 apr, 20:05 108
  • Osiyo kubogi U-23. Abbosbek Fayzullayev futbolchilar orasida eng qimmati 15 apr, 19:13 314
  • Fayzullayev «Transfermarkt» nashrining ramziy terma jamoasidan joy oldi 15 apr, 18:08 135
  • Xose Venansio Lopes: "Maqsadimiz – Osiyo chempionligini qo‘lga kiritish" 15 apr, 17:47 160
  • Eldor Shomurodov kechagi uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi? 15 apr, 17:30 511
  • UFC 300 ishtirokchilari qancha gonorar olgani ma’lum bo‘ldi 15 apr, 14:19 211
  • So'nggi yangiliklar
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 0
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 0
  • Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi 16 apr, 09:43 15
  • Ukraina kuchlari Qrimdagi Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi 16 apr, 09:41 26
  • AQSH Kiyevning dronlarni yo‘q qilishda yordam berish haqidagi iltimosiga javob qaytardi 16 apr, 09:38 44
  • Netanyahu Eronga javob uchun nishonlar ro‘yxatini tayyorlashni buyurdi 16 apr, 08:18 76
  • O‘zbekistonda xususiy mulk va mulkdorlar huquqlari himoyasi kuchaytiriladi 16 apr, 08:14 25
  • Ukraina 100 km dan ortiq parvoz masofasiga ega kamikadze dronini yaratdi 16 apr, 06:47 72
  • Zelenskiy G‘arbdan Ukrainani xuddi Isroildek himoya qilishni so‘radi 16 apr, 00:23 255
  • Britaniya bosh vaziri: “G7 mamlakatlari Eronga qarshi chora ko‘rish masalasini muhokama qilyapti” 15 apr, 23:59 123
  • Orenburgdagi suv toshqinlari oqibatida 18,5 mingga yaqin turar joy binosini suv bosdi 15 apr, 23:13 159
  • Duduqlangan bolani qo‘rqitish usulida davolashga uringan ayol o‘quv markazi ochgani haqida video tarqaldi 15 apr, 22:50 208
  • Bo‘limlar