“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 16:36
ЎЗO‘Z

OTMlarda 1-kurs talabalari o‘qishni oktabrda boshlashi mumkin

09 iyul, 23:30 3 225 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
OTMlarda 1-kurs talabalari o‘qishni oktabrda boshlashi mumkin O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 2020 yilda talabalikka qabul qilinadigan 1-kurs talabalari o‘qishni oktabrda oyida boshlashi mumkin. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimov 9 iyul, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.

Majid Karimovning so‘zlariga ko‘ra, epidemiologik vaziyat o‘nglanmasa, OTMga kirish imtihonlarining surilishi masalasini ayni paytda oldindan aytib bo‘lmaydi.

«Test – OTMga kirish uchun o‘tkaziladigan sinov. Yuqori kurslarning darsini vaqtliroq boshlash mumkin. 1-kurslarni oktabrda boshlash mumkin. Respublika maxsus komissiyasi vaziyatga qarab takliflar asosida qaror qabul qiladi», dedi DTM rahbari.

Uning qayd etishicha, OTMga talabalarning test sinovlarisiz qabul qilinishi mumkin emas. Komissiya qarori bilan yakuniy xulosa ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 8 iyul, chorshanba kuni Respublika maxsus komissiyasining mamlakatda karantin choralarini kuchaytirish bo‘yicha axboroti yuzasidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan keyin turli manbalarda davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari onlayn bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Biroq Davlat test markazi mazkur xabarlarni rad etdi va davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini o‘tkazish tartibi o‘zgarmaganini ma’lum qildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 68
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 44
  • «Prava» rasmiylashtirib berishini aytib, fuqarolarni chuv tushirib kelgan shaxs ushlandi 18 apr, 08:34 33
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 268
  • Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi (video) 17 apr, 22:29 361
  • Andijonlik yigit Koreyaga o‘qishga ketgach, terroristik tashkilot yetakchilari ta’siriga tushgani aniqlandi 17 apr, 17:55 265
  • So'nggi yangiliklar
  • Qozog‘istonda suv toshqinlari oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi 18 apr, 16:00 0
  • G7 vazirlari Ukraina va Yaqin Sharqdagi urushlarni muhokama qildi 18 apr, 15:35 2
  • O‘zbekistonlik sportchi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 18 apr, 15:18 11
  • «Qasri Millat»da tor doirada uchrashuv o‘tkazildi 18 apr, 15:01 42
  • Shavkat Mirziyoyevni Dushanbe aeroportida mamlakat rahbari Emomali Rahmon kutib oldi 18 apr, 14:58 19
  • 2018 yilda o‘ldiga chiqarilgan milliarder tirik bo‘lishi mumkin 18 apr, 14:55 77
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 17
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 68
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Muhammadsobir Fayzovning qarindoshlari o‘z haqiqatlari bilan bo‘lishdi 18 apr, 12:46 410
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 75
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 141
  • Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi 18 apr, 11:33 44
  • Bo‘limlar