“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 01:11
ЎЗO‘Z

Mutaxassislardan sutni kosmetik vosita sifatida ishlatish bo‘yicha tavsiyalar

09 iyul, 11:58 3 052 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mutaxassislardan sutni kosmetik vosita sifatida ishlatish bo‘yicha tavsiyalar Foto: Cosmopolitan
Sut mahsulotlarining keragidan ortiq iste’moli yuzda husnbuzar va toshmalar paydo bo‘lishiga olib keladi, ammo me’yorni bilish sog‘liq uchun foydali. Teri va sochlarni parvarish qilish bo‘yicha mutaxassis Rebekka Forkastning ta’kidlashiga qaraganda, sut teri va sochga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

«Buvilarimiz kalsiy, oqsil va vitaminlar haqida bilmagan bo‘lsalar-da, sutli vanna qabul qilgan, sochlarini yuvgan va ushbu mahsulotni abadiy yoshlik siri deb bilgan».

Stilist Richard Merinning aytishicha, u mijozlariga sochlarini sut bilan yuvishni tavsiya qilgan. Unga amal qilganlar sochlarini silliq va yaltiraganini bildirgan. Ushbu natijani quyidagi bog‘liqlik asosida tushunish mumkin: keratindan tashkil topgan soch tolalari bu oqsil demak, shuning singari sutda ham oqsil miqdori ko‘p bo‘ladi. Sutda soch yuvilganda soch bo‘yalishi, dazmol qilinishi va boshqalar natijasida yuzaga kelgan bo‘shliqlarni oqsil bilan to‘ldiradi.

Shu sabab ham soch uchun sutli niqoblar qilishni unutmaslik kerak. Bunday niqob bosh terisi, sochlar mustahkamligi va elastikligiga foyda beradi. Eng oddiy qilinishi mumkin bo‘lgan niqob sut yoki qatiqni yuvilmagan sochga surtish, shundan keyin bosh terisini uqalash hisoblanadi. Boshni sellofan hamda uning ustidan sochiq bilan o‘rab, 30 daqiqadan keyin yuvib tashlash kerak.

Jinjer King — kimyogar, kosmetik vositalar ishlab chiqaruvchi: «Alfagidroksikislotaga boy hisoblangan sut terining o‘lik hujayralar qatlamini yo‘q qilib, uni tekislash, rangini yaxshilash, ajinlarni kamaytirish xususiyatiga ega. Makiyajni tozalagandan keyin yuzingizni sut bilan yuvishni tavsiya qilaman».

Dermatolog Emi Brodskining aytishicha, eng yaxshi tabiiy ingrediyentlardan biri bo‘lgan sut quruq va suvsizlangan teri uchun ayni muddao. U terini yumshatish, tekislash va tinchlantirish xususiyatiga ega. Shu sabab ham Emi bemorlarga muolaja sifatida sutli mahsulotlar: smetanadan tayyorlangan niqob, sut bilan yuzni yuvish, yogurt va mevalardan qo‘shib tonik kokteyl tayyorlashni tavsiya qiladi. Natija esa kimyoviy moddalar qo‘shilgan vositalar ishlatilganidan ko‘ra ijobiy bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Oq nondan voz kechganda organizmda qanday o‘zgarishlar yuz beradi? 22 mar, 15:13 314
  • Farzandlar uchun ota va onalarga munosabat haqida 20 mar, 00:12 210
  • Uzoq umr ko‘ruvchi insonlarning 5 ta odati 19 mar, 16:40 476
  • Xurmoning qanday foydali xususiyatlari mavjud? 18 mar, 22:30 321
  • Olimlar xotirani kuchaytiruvchi oddiy mashg‘ulotni aniqladilar 16 mar, 23:43 350
  • Nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi? 16 mar, 16:50 430
  • So'nggi yangiliklar
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 0
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 0
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 2
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 5
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 16
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 10
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 19
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 20
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 139
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 239
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 18
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Bo‘limlar