“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 18 2024, 08:22
ЎЗO‘Z

«Kasallik avj olsa, tibbiyot og‘ir vaziyatga tushib, boshqa yo‘nalishdagi yordamlar to‘xtashi mumkin» – Alisher Shodmonov

08 iyul, 11:24 3 032 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Kasallik avj olsa, tibbiyot og‘ir vaziyatga tushib, boshqa yo‘nalishdagi yordamlar to‘xtashi mumkin» – Alisher Shodmonov Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus avj oladigan bo‘lsa, tibbiyot tizimi og‘ir vaziyatga tushib, boshqa yo‘nalishlarda tibbiy xizmatlarni ko‘rsatish imkonsiz bo‘lib qolishi mumkinligidan xavotirini bildirdi.

«Bizda mavjud yuqumli kasalliklar shifoxonalarining barchasi hozir ishlab turibdi. Bundan tashqari, umumiy yo‘nalishdagi shifoxonalarning yo‘nalishini o‘zgartirib, yuqumli kasalliklarni davolashga moslashtirdik. Bular bilan bir qatorda, shoshilinch yordam xizmati, tug‘uruq, homiladorlarga yordam, ijtimoiy yo‘nalishlarga xizmat ko‘rsatish ham to‘la ta’minlanyapti.

Lekin kasallik avj oladigan bo‘lsa, tibbiyot tizimi og‘ir vaziyatga tushib, boshqa yo‘nalishdagi yordamlar to‘xtab qolishi mumkin. Shuning uchun hozir hammamiz teng harakat qilib, kasallik tarqalib ketishining oldini olib, og‘ir bemorlar sonini, shifoxonalarga tushadiganlarni kamaytirishimiz kerak
», dedi u «O‘zbekiston24» telekanaliga bergan intervyusida.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ayni kunlarda Toshkent shahrida 14ta tibbiyot muassasasida koronavirusga chalingan bemorlarga yordam ko‘rsatilmoqda. Yana 4ta shifoxona kasallikka gumoni borlarga xizmat ko‘rsatishga moslashtirilgan. Respublika bo‘yicha har bir viloyatda kamida ikkitadan shifoxona yuqumli kasalliklarni davolashga tayyorlangan.

«Viloyatlardagi shifoxonalar 110 nafargacha bemorga (bu hali ko‘p emas) to‘la yordam berish imkoniyatiga ega. Ammo boshqa mamlakatlarni ko‘rib turibmizki, bemorlarni davolash uchun sport zallari, stadionlar, ta’lim muassasalari, yotoqxonalarda joy qilinmoqda. Ular ixtisoslashmagan, yordam berish imkoniyati, asbob-uskunasi yo‘q. Bemorlar faqat vaqtincha olib kelib yotqizilyapti.

Bizda bunday holatning oldini olish uchun hozir harakatlarni kuchaytirishimiz, vaziyatni to‘g‘ri tushunib, karantinni qattiq ushlashimiz kerak. Fevral-mart oylarida harakat qilgan holda kasallikni jilovlash mumkinligini aprel-may oylarida isbotladik. Hozir ham hamjihat bo‘lib, oilamizni ehtiyot qilib ish tutishimiz lozim
», dedi Alisher Shodmonov.

Ma’lumot uchun, 8 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq holatlar soni 10 838taga yetgan. Shu vaqtgacha bemorlarning 6811 nafari kasallikdan tuzalib chiqqan, 41 kishi vafot etgan, ayni vaqtda shifoxonalarda 3986 bemor davolanmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 170
  • Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi (video) 17 apr, 22:29 272
  • Andijonlik yigit Koreyaga o‘qishga ketgach, terroristik tashkilot yetakchilari ta’siriga tushgani aniqlandi 17 apr, 17:55 236
  • Instagram orqali fuqarolarni chuv tushirib kelgan 18 yoshli yigit qo‘lga olindi 17 apr, 15:38 59
  • Hazoraspda 31 ta jarimasi bor “Cobalt” xatlanib, MIB binosiga joylashtirilgach, qarzdor barcha jarimalarni to‘ladi 17 apr, 14:28 62
  • NATO mutaxassislari O‘zbekiston Qurolli kuchlari kursantlari uchun o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazmoqda 17 apr, 10:13 50
  • So'nggi yangiliklar
  • Shomurodov, navbat “Yuventus”ga! 18 apr, 00:18 305
  • Malayziya OTJ bosh murabbiyi: "Bugun musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik" 18 apr, 00:02 103
  • OCHL. "Al Ayn" kutilmaganda yarim finalning ilk o‘yinida "Al Hilol"ni mag‘lub etdi 17 apr, 23:59 90
  • O‘zbekistonda piyoz narxi keskin arzonlashdi. Bunga sabab nimada? 17 apr, 23:53 170
  • Ulug‘bek Hoshimov: "Hujumchi pozitsiyasiga 3-4 futbolchi da’vogarlik qilmoqda" 17 apr, 23:36 69
  • Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 17 apr, 23:10 100
  • Ukrainadagi urushda qancha rus askari halok bo‘lgani ma’lum qilindi 17 apr, 22:50 198
  • Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yana bir maxfiy tunnel topildi (video) 17 apr, 22:29 272
  • Timur Kapadze: Bu musobaqada kuchsiz jamoa yo‘q, hamma bu yerga katta maqsad bilan kelgan 17 apr, 21:53 66
  • Pokiston Afg‘oniston va Eron bilan chegaralari yaqinidagi ikkita bazasini AQSHga topshirdi 17 apr, 21:27 197
  • Fayzullayevga Italiyaning mashhur jamoasi xaridor! 17 apr, 21:00 294
  • "Baltika"ga qarshi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgan Fayzullayev jamoadoshlarini osh bilan siyladi 17 apr, 20:44 163
  • Bo‘limlar