“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 09:37
ЎЗO‘Z

Andrey Kanchelskis: "Ismini aytmayman, u kabi futbolchilarni endi maydonga tushirmayman"

08 iyul, 09:07 2 953 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andrey Kanchelskis: "Ismini aytmayman, u kabi futbolchilarni endi maydonga tushirmayman" Coca Cola Superligasi 8-turi doirasida "Bunyodkor"dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin "Navbahor" bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis jurnalistlar savollariga javob berdi.

- "Bunyodkor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Jamoa birinchi bo‘limning o‘zida ikki gol farqi bilan oldinda edi. Fol bo‘ldi, xushtak chalinmadi, ikkinchi gol urildi. Albatta og‘ir. Ikkinchi bo‘limda boshqacharoq o‘ynadik, gol urdik, vaziyatlar yaratdik. Ammo safarda o‘ynash doimo qiyin bo‘lgan. Endi keyingi o‘yinda tarkib o‘zgaradi, kimdir o‘tkazib yuboradi, ayrimlar nimalarnidir o‘ylashi kerak bo‘ladi.

Ular futboldagi keyingi faoliyati qanday o‘tishini o‘ylashi kerak. Ba’zi futbolchilar barchasi yaxshi, a’lo darajada deb hisoblashdi, chiroyli hayot, yashash yaxshi, ammo har bir o‘yinda siz kuchli ekanligingizni ko‘rsatishingiz kerak. Baribir ikkinchi gol o‘yinni sindirdi deb hisoblayman. 1:0dan chiqib ketishning iloji bor, biroq 2:0 juda qiyin masala. Keyinchalik uchinchisi ham darvozamizdan o‘rin oldi.

- O‘tgan bir necha o‘yinlarda jamoa yaxshi o‘ynagandi. Bunisida esa kuch yetishmadi.
- Aytganimdek, ayrim futbolchilar yaxshi hayotga o‘rganib qolishgan. "Nasaf" maydonida durang, Bekobodda g‘alabadan keyin futbolchilar o‘zlariga qo‘yilgan talabni pasaytirishdi. Zaxirada ko‘zi yonib turgan, o‘ziga beriladigan imkoniyatni poylayotgan futbolchilar ko‘p. O‘zgarishlar qilinadi, tarkibda ayrim kamchiliklar yopiladi. Ismini aytmayman, u kabi futbolchilarni endi maydonga tushirmayman, buni "Navbahor" muxlislari oldida ham va’da bera olaman. Futbolda har bir o‘yinda ko‘rsatish va raqibni jazolash kerak. Ha, ba’zida Ronaldu va Messida ham nimadir o‘xshamay qoladi. Futbolchida istak va xohish bo‘lishi shart. Bu yo‘qmi, demak, o‘zgarishlar bo‘ladi, tarkibda yangilashlar yuzaga keladi, uning o‘rni boshqa futbolchilar bilan to‘ldiriladi.

- O‘yindan oldin futbolchilar bilan Namangan viloyati hokimi ko‘rishib gaplashgan deyishgandi. Balki shu ham futbolchilarga ta’sir o‘tkazgandir.
- Yo‘q, unday emas. Hokimga tashakkur aytaman. U Namanganda futbolning rivoji uchun katta ish qilmoqda. U doimo biz uchun qayg‘uradi. Shu sababli bu hech qanday ta’sir qilmagan. Mag‘lubiyatda o‘zimiz aybdormiz, endi o‘yin, yo‘lga qo‘ygan xatolarimizni ko‘rib chiqamiz. U bizga omad tiladi. Bugun futbolchilarim 70 foiz kuchi bilan o‘ynadi. Bu hech nima emas, bundan yetarlicha dars oldik. Har bir negativ ishdan pozitiv fikr ham olib turish kerak bo‘ladi. Oldimizda "Qizilqum"ga qarshi juda muhim bahs kutib turibdi. Bugungi o‘yindagi aybdorlik hissini shu o‘yinda yo‘qotamiz. Navbatdagi o‘yin boshqacha bo‘ladi. Va’da beraman.

- Jamoa birinchi bo‘limda piyoda yurdi. Ikkinchi bo‘limni yuqori tezlikda boshlab, keyin yana sekin o‘yin boshlandi. Balki futbolchilarning jismoniy holati yaxshi emasdir.
- Yo‘q, unday demagan bo‘lardim. Agarda ikkinchi bo‘limda "Bunyodkor"dan kam yugurganimizda bu haqida gapirsa bo‘lardi. Safarda bunday jamoaga qarshi o‘yinda "fora" berib o‘ynash katta xatolik bo‘ladi. O‘tkazib yuborilgan ikki goldan keyin ham biz o‘yinni kuchaytirib yana bir bor darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Birinchi bo‘limda biz har tomonlama raqibga yutqazdik. Gapingizga qo‘shilaman, futbolchilar o‘yinga ishtiyoq bilan, kuch bilan chiqishlari, birinchi daqiqadan 90-daqiqaga qadar to‘p uchun kurashishlari kerak.

Ayrim futbolchilar e’tiborini boshqa joyga qaratgan va shunga o‘xshash muammolar. Shu sababli ikkinchi bo‘lim boshidanoq 3 futbolchini zaxiraga oldim. Bir tomondan olib qaralganda omadimiz ham kelmadi. Bolov vaziyatdan foydalanganida 2:2 bo‘lardi va o‘yin boshqacha kechgan bo‘lardi. Biroz bo‘shashgandik "Bunyodkor" uchinchisini ham urib ketdi. "Bunyodkor"ni yana bir bor g‘alaba bilan tabriklayman va omad tilayman.

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 1
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • So'nggi yangiliklar
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 0
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 0
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 25
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 43
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 517
  • Bo‘limlar