“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 04:24
ЎЗO‘Z

Farg‘onaning “Qalampir qishlog‘i” sahovatpeshalikda o‘rnak bo‘lmoqda

08 iyul, 00:18 3 270 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Farg‘onaning “Qalampir qishlog‘i” sahovatpeshalikda o‘rnak bo‘lmoqda Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida Mirzaobod qishlog‘i “qalampir” yetishtirish bo‘yicha Respublikamizga dong‘i ketgan qishloqlardan. Bu qishloqdagi dehqon va tadbirkorlar qalampir ekish va yetishtirishda, shuningdek mehnatsevarligi bilan hammaga o‘rnak desa ham bo‘ladi. Mirzaobod qishlog‘ining tadbirkorlari qalampirni qayta ishlab, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi va qator xorijiy davlatlarga eksport qilishi ham ko‘pchilikka ayon.

Bu qishloq aholisi o‘zining nafaqat tadbirkorligi va mirishkor dehqonlari bilan balki, o‘zining “Saxovatpeshaligi” bilan ajralib turadi.
Bunga yaqqol misol sifatida qishloq aholisi tomonidan amalga oshirilayotgan bir savobli ishni aytish mumkin.

....Mirzaobod qishlog‘ida unib o‘sib, ushbu qishloqning umumta’lim maktabida uzoq yillar mobaynida yoshlarga ta’lim berib kelgan, ustoz Qoraboyev Nodirjon bir necha yildan beri “ikki buyrak” yetishmovchiligidan aziyat chekib kelmoqda. Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, N.Qoraboyev Hindiston davlatida operatsiya qilinishi lozimligi, bu esa bir qancha mablag‘ talab qilishi xammaga ayon.

Ushbu qishloqda yashovchi yoshu-qarilar qishloqning yetuk farzandi, ustozi sog‘ayib ketishi uchun 7 yoshdan 70 yoshgacha qo‘llaridan kelganicha ushbu mablag‘ni to‘planishi uchun uning oilasiga yordam bermoqda.

Jumladan, “Qalampir” qishloqning tadbirkorlari va ustozning shogirdlaridan tortib, qishloqdagi keksalargacha qo‘llaridan kelganicha domlaning sog‘ayishi uchun o‘z yordamlarini darig‘ tutayotganlari yo‘q. “Qalampir” qishloqning o‘z hamqishloqlarini, ustozlarini moddiy va ruhiy jihatdan qo‘llab quvvatlayotgan Mirzaobod ahliga ko‘pchilik saxovatpeshaligi, ahilligi uchun xavas qilmoqda.

Chunki, Mirzaobod qishlog‘ining aholisi o‘z ustozining dardini yengillashtirish maqsadida o‘zining samarali harakatlarini amalga oshirmoqda. Xozirda Mirzaobodning ko‘pchilik yoshlariga ta’lim bergan ustozning Xindiston davlatiga borib, operatsiya qilinishi uchun qishloq aholisi tomonidan bir qancha mablag‘ yig‘ilgan va bu davom etmoqda.

Qalampir qishlog‘ining aholisi saxovatpeshaligi bilan yoshu keksalarining bir-tanu bir-jon bo‘lib savobli ishni amalga oshirayotganligini, hamqishlog‘ining dardiga darmon bo‘layotganligini, faqat xavas bilan kuzatish mumkin.

Saytimiz hodimlari ham Mirzaobod qishlog‘ining farzandi, yoshlarning ustozi bo‘lgan Nodirjon Qoraboyevga yaratgandan shifo so‘rab, tez kunlarda sog‘ayib, “Qalampir” qishlog‘ining yoshlariga ta’lim berishda davom etishini tilaydi...




Mavzuga oid yangiliklar
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari o‘rnatildi 18 apr, 17:40 89
  • Toshkentda daraxtga qasd qilgan «maskalilar» qo‘lga olindi 18 apr, 17:23 204
  • Jinoiy ish qo‘zg‘atilgach kelishuvga erishildi 18 apr, 16:48 160
  • O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi 18 apr, 13:24 193
  • So'nggi yangiliklar
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 94
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 125
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 205
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 260
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 99
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 123
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 149
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 217
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 196
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 164
  • Qirg‘izistonda inson a’zolarini sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh aniqlandi 18 apr, 21:07 218
  • Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon bayonot bilan chiqdilar 18 apr, 20:00 332
  • Bo‘limlar