“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 01:20
ЎЗO‘Z

Muhsin Muhammadiyev: "Muxlislarga bugun yuta olmasak ketaman deganman? Bu savol siz uchun shunchalik muhimmi?"

07 iyul, 22:46 2 065 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Muhsin Muhammadiyev: "Muxlislarga bugun yuta olmasak ketaman deganman? Bu savol siz uchun shunchalik muhimmi?" "So‘g‘diyona" - "Buxoro" (3:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiyev o‘z fikrlarini bildirdi.
"Bizda futbolchilar yetishmayapti. O‘yin paytida himoyachi jarohat oldi, o‘rniga yosh futbolchini tushirdik. Ikki futbolchi jarohat oldi, 4 nafar legioner hamon O‘zbekistonga kela olishmayapti.

Birinchi gol urilgan vaqtda qoida buzilmagandi, hakam hushtak chaldi va gol urildi. Ikkinchi taym boshida hisobni tenglashtirgandik. Tayyorgarlik yetarli bo‘lmagani uchun ham jarohatlar chiqa boshladi. Chempionat boshlanayotganida vaqt yetarli emas degandik, afsuski bunday bo‘lmadi. Aftidan qolganlar futbolni bizdan yaxshiroq tushunishadi", - deydi Muhammadiyev.

- Behruz Shodmonov qachon safga qaytadi?
- Noma’lum. Mushaklari shikastlangan.

- Legionerlar kela olishmayapti deb aytayapsiz, ammo siz karantin paytida Moskvadan qaytib keldingiz. Bu qanday sodir bo‘ldi?
- O‘FA va PFLga rahmat. Ular yordami bilan O‘zbekistonga keldim. Legionerlar esa Moskvada yashashmaydiku, biri Kanadada, biri Xorvatiyada, ikki nafari Ukrainada... Chegaralar yopiq bo‘lsa qanday olib kelamiz?

- "Metallurg" bilan o‘yindan so‘ng "Buxoro" jamoasining ashaddiy muxlislari bilan jamoa qarorgohida uchrashibsiz va unda agarda jamoa mag‘lubiyatga uchrasa ist’efo berishga va’da beribsiz. Jamoa bugun mag‘lubiyatga uchradi, is’tefo yuz beradimi?
- Bu siz uchun muhim narsami? Bu bizning muxlislar bilan o‘rtamizdagi muammo. Sizdan qo‘shningiz yoki buvingiz nima dedi deb so‘ramayapmanku? Yutqazsa murabbiy yutqazadi.

Manba: championat.asia




Mavzuga oid yangiliklar
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 25
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 59
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 21
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 51
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 59
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 0
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 0
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 1
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 25
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 42
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 59
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 24
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 21
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 51
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 99
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 45
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 58
  • Bo‘limlar