“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 15:37
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda karantin vaqtida qancha sanoat korxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatgani ma’lum qilindi

06 iyul, 06:30 4 576 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda karantin vaqtida qancha sanoat korxonasi o‘z faoliyatini to‘xtatgani ma’lum qilindi O‘zbekistonda 1 mart holatiga ko‘ra, 72 524 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritgan. Mamlakatda qattiq karantin choralari joriy etilishni boshlagach ularning 16 670 tasi (qariyb 23 foizi) vaqtinchalik o‘z faoliyatini to‘xtatgan, deb xabar beradi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi.

Faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan korxonalarning 20,3 foizi tekstil sohasiga tegishli, qurilish materillarini ishlab chiqarish sohasida ham xuddi shunday ko‘rsatkich qayd etilgan, oziq-ovqat mahsulotlari — 18,6 foiz, charm, yog‘och va mebel — 10,5 foiz, metallurgiya — 6 foiz, mashinasozlik — 2,6 foiz, elektrotexnika — 1,4 foiz, yoqilg‘i-energetika sohasi — 0,5 foiz va boshqa sohalar 19,8 foizni tashkil etgan.

Mazkur korxonalar faoliyati quyidagi sabablarga ko‘ra to‘xtab qolgan: 4754 tasi (28,5 foizi) xodimlarga nisbatan karantin talablari sabab, 3722 tasi (22,3 foizi) transport harakatiga o‘rnatilgan cheklovlar natijasida, 2342 tasi (14 foizi) mahsulotga bo‘lgan talabning tushib ketishi oqibatida, 1400 tasi (8,4 foiz) xom ashyo yetkazib berishdagi uzilishlar, 84 tasi (0,5 foiz) O‘zbekistonga kela olmagan xorijlik mutaxassislar va 4368 tasi (26,2 foizi) boshqa sabablarga ko‘ra yopilgan.

Foto: Skrinshot
Hududlar kesimida faoliyati to‘xtab qolgan korxonalarning eng ko‘pi Toshkent (4455), Namangan viloyati (2847), Toshkent viloyati (2283) va Andijon viloyati (2048) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu boradagi eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘istonda kuzatilgan — 37.

1 iyul holatiga ko‘ra, 16 657 ta korxona, ya’ni ularning qariyb 100 foizi to‘liq qayta ochilishga muvaffaq bo‘lgan va 137,5 ming xodim o‘z ishiga qaytgan.

Aprel oyida ushbu 16 657 ta korxona umumiy qiymati 893 milliard so‘mga teng mahsulot ishlab chiqargan bo‘lsa, may oyida ushbu ko‘rsatkich 1,4 trillion so‘mni, iyunda esa 1,8 trillion so‘mni tashkil etgan.

Avvalroq Toshkentda aprel oyi boshidan iyun o‘rtalariga qadar 66 ta oziq-ovqat va nooziq-ovqat do‘koni, shuningdek, umumiy ovqatlanish shoxobchalari yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 77
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 68
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 217
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 1
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 0
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 1
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 0
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 75
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 21
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 55
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 109
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 50
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 141
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 53
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 153
  • Bo‘limlar