“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 14:14
ЎЗO‘Z

«O‘tgan yili 600-800 ming «dacha»lar 1,5-2 millionga chiqib ketgan. Bir kecha qolish uchun 20 mln to‘lanadigan joylar ham bor» – Bosh vazir o‘rinbosari

05 iyul, 23:40 5 579 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«O‘tgan yili 600-800 ming «dacha»lar 1,5-2 millionga chiqib ketgan. Bir kecha qolish uchun 20 mln to‘lanadigan joylar ham bor» – Bosh vazir o‘rinbosari Bo‘stonliqda o‘tgan yili 600-800 ming so‘m bo‘lgan joylar hozir 1,5-2 millionga chiqib ketgan, bir kecha qolib dam olish uchun 10, 15, 20 million to‘lanadigan joylar ham bor. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 2 iyul kuni uyushtirilgan brifingda ma’lum qildi.

«Pandemiya sababli aholimizda chet elga chiqish imkoniyati yo‘q. 2019 yilda 606 ming nafar o‘zbekistonlik dam olish maqsadida turli xorijiy davlatlarga borishgan va o‘zlari borgan mamlakatlarda jami 1,5 mlrd atrofida xarajat qilishgan. Bu yil chetga chiqishning imkoni bo‘lmagani uchun O‘zbekistonning o‘zida hordiq chiqarishlariga to‘g‘ri keladi.

Bo‘stonliqdagi dala-hovlilar oldin xususiy uylar bo‘lgan. Yillar davomida boshqa hududlarda yashovchilar, asosan, toshkentliklar kelib ularni sotib olib, villa ko‘rinishiga keltirishgan.

So‘nggi yillarda bu yerdagi dala-hovlilarning narx-navolari ikki barobar oshib ketgan. Oldingi yil o‘rtacha olganda 600-800 ming so‘m bo‘lgan joylar bu yilga kelib, bu yilga kelib 1,5 – 2 millionga chiqib ketgan. Undan ham qimmatroq – 10, 15, 20 millionlik joylar ham bor. Bu bir kecha qolib dam olish uchun belgilangan narxlar.

Natijada aksariyat yurtdoshlarimizning bunga qurbi yetmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda Bo‘stonliqda dam olgandan boshqa davlatga borib dam olib kelish arzonroqqa tushadi, degan fikrlarni o‘qiyapmiz», deya Aziz Abduhakimovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Bosh vazir o‘rinbosari Bo‘stonliqda barpo etilayotgan Chorvoq turistik zonasida aholiga qulay, arzon va xavfsiz sharoitlar yaratib beriladi. Oddiy odamlar ham oilasi bilan bu yerga kelib bemalol hordiq chiqarishi mumkin bo‘ladi.

«Davlat rahbarining ko‘rsatmasiga asosan yangi reja ishlab chiqildi. Unga ko‘ra aholimizga qulay, arzon va xavfsiz bo‘lgan sharoitlar yaratib berish harakatidamiz. Shu nuqtai nazardan bu yerda infrastruktura masalalarini ham joyiga keltirishimiz kerak. Yo‘llarning sifatini yaxshilashimiz zarur.

Arxitektorlarimiz va boshqa mutaxassislarimiz tomonidan Chorvoq turistik zonasining bosh rejasi ishlab chiqilgan. Unga asosan bu yerda ko‘plab qaysi joylarda dam olish maskanlari, qayerlarda barcha dam olish maskanlariga xizmat ko‘rsatuvchi umumxo‘jalik infratuzilma barpo etilishishi ko‘rsatib berilgan», deydi u.


Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 12
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 29
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 137
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 86
  • Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi 16 apr, 11:02 165
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 15
  • So'nggi yangiliklar
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 1
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 12
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 38
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 33
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 29
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 137
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 126
  • "Dollarfurush"larga qarshi katta "ov" bo‘lib o‘tdi 16 apr, 11:15 86
  • Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi 16 apr, 11:02 165
  • Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy etdi 16 apr, 10:46 41
  • O‘zbekiston va Qatar strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzoladi 16 apr, 10:44 15
  • Bayden va rafiqasining umumiy daromadi e’lon qilindi 16 apr, 09:43 128
  • Bo‘limlar