3 iyul kuni Lola Karimova 42 yoshni qarshi oldi. U ushbu kunda o‘ziga qanday tilak bildirgani haqida yozdi. - Iloji boricha hozirgi ongni his etib va anglab hayot kechirish - tug‘ilgan kunimda o‘zimga aynan shuni tilayman. Hayolingiz o‘tmish va kelajak bilan band bo‘lmagan holdagina, barcha narsada Yaratganning mavjudligini his etish mumkin. Aynan hozirgi ong o‘zida cheksizlikni mujassam etadi, - deb yozdi u o‘z sahifasida.