“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 08:36
ЎЗO‘Z

JSST koronavirusga qarshi 3ta dori sinovini to‘xtatdi

05 iyul, 14:35 3 317 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
JSST koronavirusga qarshi 3ta dori sinovini to‘xtatdi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusni davolash uchun samarali dorini izlash bo‘yicha sinovlar doirasida remdesivirni eng samarali dori deb topib, boshqa 3 ta dori: gidroksixloroxin, lopinavir va ritonavirning sinovlarini to‘xtatdi. Bu haqda JSSTning bayonotida ma’lum qilingan.

JSST mutaxassislari 4 oylik sinovlar yakunlariga ko‘ra, sinalayotgan dori vositalaridan eng samaralisi remdesivir ekanini aytishgan.

"Sinovlarning dastlabki natijalari gidroksixloroxin va lopinavir/ritonavir koronavirusga chalinganlar orasida o‘lim holatlarini kamaytirmasligini ko‘rsatdi. Shu sababli JSST Birdamlik sinovlari Xalqaro boshqaruv qo‘mitasining ushbu dorilar sinovini to‘xtatish bo‘yicha tavsiyasini qabul qildi”, deyilgan bayonotda.

Remdesivir, gidroksixloroxin, lopinavir va ritonavir turli kombinatsiyalarda, jumladan interferon bilan birga, JSST mart oyidan beri olib borayotgan “Birdamlik sinovlari”da qo‘llangan. Sinovlarda 4,5 mingdan ko‘proq bemor ishtirok etgan.

“Birdamlik sinovlari” 18 martda dunyoda koronavirusni davolashning turli usullari bo‘yicha axborot almashish uchun yo‘lga qo‘yilgan. U turli dorilarning virusga qarshi sinashni va ular orasidan eng samaralisini aniqlashni ko‘zda tutadi. Hammasi bo‘lib dasturda 45 tadan ko‘proq davlat ishtirok etmoqda.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Neymar ijtimoiy tarmoqlarda Mbappeni haqorat qildi 20 apr, 08:13 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 25
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 43
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 267
  • So'nggi yangiliklar
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 0
  • Pokistonda qurolli hujum oqibatida “Tolibon” yetakchisiga yaqin shaxs o‘ldirildi 20 apr, 07:30 18
  • AQSH Xitoyni Ukrainadagi urushni bilvosita avj oldirayotganlikda aybladi 20 apr, 07:00 24
  • Rossiyaning o‘ndan ortiq mintaqasida migrantlarning ayrim sohalarda ishlashi taqiqlandi 20 apr, 06:30 49
  • Armaniston chegara delimitatsiyasi natijasida 4 qishloqni Ozarboyjonga qaytardi 20 apr, 06:00 42
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 115
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 202
  • A Seriya. Dastlab ikkita gol urgan "Kalyari" yakunda "Yuventus" bilan durang qayd etdi 20 apr, 01:52 264
  • Shomurodov kutilmagan ishga qo‘l urdi 20 apr, 01:16 516
  • Chasiv Yar ham xavf ostida. Bu shaharni yo‘qotmaslik Ukraina uchun nega bunchalik muhim? 19 apr, 23:23 267
  • Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi 19 apr, 22:56 334
  • Germaniya va Polsha aviakompaniyalari Tel-Avivga reyslarni bekor qildi 19 apr, 22:30 62
  • Bo‘limlar