“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 17:30
ЎЗO‘Z

Turkiyada ijtimoiy tarmoqlar cheklab qo‘yiladi: qachon, qanday va nima uchun?

05 iyul, 14:11 2 742 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Turkiyada ijtimoiy tarmoqlar cheklab qo‘yiladi: qachon, qanday va nima uchun? Ijtimoiy axborot vositalarining yangi qoidalariga ko‘ra, BTK (Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi) Netflix va Whatsapp’ni «jamoat manfaati uchun» blokirovka qilib qo‘yishi mumkin.

Yangi tartibda nimalar ko‘zda tutilmoqda?
Avvalroq Erdo‘g‘an moliya vaziri, shu bilan birgalikda kuyovi Berat Albayrakning to‘rtinchi o‘g‘li tug‘ilishi haqidagi tvitiga ayrimlar haqoratli izohlar yozganidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlar qat’iy nazoratga olinishi haqida bayonot bilan chiqqan va «Bu millatga, bu mamlakatga bunday media oqimlari to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun biz masalani parlamentimizga taqdim etishni va bunday ijtimoiy media kanallari butunlay olib tashlanishni, nazorat qilinishini xohlaymiz», degandi.

Hukumat 15 iyulgacha e’lon qilishni rejalashtirgan ijtimoiy media tartiblarining tafsilotlari ma’lum qilindi. Unga ko‘ra, Whatsapp, Netflix, Telegram kabi dasturlarning bloklanishi yo‘lida dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, BTK blokirovka qilish vakolatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, Facebook, Twitter, Instagram, YouTube kabi ijtimoiy tarmoqlar Turkiyadagi foydalanuvchilarning ma’lumotlarini Turkiyaga taqdim etishi haqidagi talab ilgari surilmoqda.

Rajab Toyyib Erdo‘g‘an xalqaro ijtimoiy media kanallarining Turkiyada vakolatxonalari bo‘lishi lozimligi, ma’muriy va moliyaviy timsollar tarkibni tekshirishi kerakligini ta’kidlar ekan, ushbu masala bo‘yicha keng qamrovli qonunchilik ustida ish olib borilganini ma’lum qildi.

«Tarmoqdan tashqari xizmat» nima?
Turkiya OAV xabarlariga ko‘ra, hukumat ish olib borayotgan qonunchilikda ikkita qonunga o‘zgartirish kiritish ko‘zda tutilmoqda. Unga ko‘ra, BTK keng vakolatlarga ega bo‘ladi. 5809-sonli elektron aloqa to‘g‘risidagi qonunga esa «tarmoqdan tashqari xizmat» tushunchasi kiritiladi. Ishchi loyihada mazkur tushuncha «Internetga ulangan abonentlar va foydalanuvchilarga operatorlardan yoki internet xizmatlaridan mustaqil holda dasturiy ta’minot orqali taklif qilinadigan; ovozli, yozma, vizual aloqa yoki amaliy xizmatlar doirasidagi umumiy elektron aloqa xizmatlari» deb ta’rif beriladi.

Huquqshunoslarning fikriga ko‘ra, Whatsapp, Netflix, Telegram kabi dasturlar yuqori tarmoq xizmati yordamida aniqlanadi. Qonunga qo‘shilishi ko‘zda tutilgan modda bilan BTKga bunday dasturlarni blokirovka qilishga ruxsat beriladi. Loyihada ushbu masalaga doir modda quyidagicha berilmoqda:

«Tashkilot jamoat manfaatlarini hisobga olgan holda tarmoq orqali xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha zaruriy tadbirlarni ko‘rish, avtorizatsiya qilmasdan tarmoq orqali xizmat ko‘rsatishning oldini olish choralarini ko‘rish, shuningdek, zarur bo‘lganda tashkilotning normativ hujjatlarida ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rish uchun operatorlarga majburiyat yuklash huquqiga ega».

Vakolatxonasi yo‘q bo‘lsa, o‘zi ham yo‘q
5651 sonli «Internetda ma’lumotlarni e’lon qilish tartibi va bu ma’lumotlar e’lon qilinishi yo‘li bilan amalga oshiriladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haqida»gi qonunga qo‘shiladigan moddalar orqali Facebook, Twitter, Instagram va YouTube kabi ijtimoiy media platformalariga Turkiyada vakolatxona ochish majburiyati qo‘yilmoqda.

Hukumat 10 yildan beri ushbu tashkilotlarga «Keling, bu yerda ofis oching, bizning huquqimizni qabul qiling», deb aytmoqda. Biroq ijtimoiy media kanallari bu taklifga yaqinlashmadi. Yangi tartibga ko‘ra, endi bu majburiyatga aylanmoqda. Agar ushbu kompaniyalar qonun qabul qilinganidan keyin 30 kun ichida o‘z vakilligi haqida xabar bermasa, avvaliga ijtimoiy tarmoq provayderining internet-trafik o‘tkazish qobiliyati 50 foizga kamaytirib qo‘yiladi va yana 30 kun davomida tan olinadi. Basharti shundan keyin ham BTKga o‘z vakilligini bildirmasa, Turkiyada o‘sha ijtimoiy media platformalariga kirib bo‘lmaydi.

Foydalanuvchilarning ma’lumotlari Turkiyada ham bo‘ladi
Markazi asosan AQSHda joylashgan ijtimoiy media kompaniyalari o‘z foydalanuvchilariga oid elektron pochta, telefon raqamlari kabi ma’lumotlarni AQSHda saqlaydi va ularni hukumatlarga taqdim etmaydi. Adolat va taraqqiyot partiyasi o‘zi ishlayotgan qonuniy tartib bilan ushbu ma’lumotlarga osongina kirish uchun yo‘l ochishga harakat qilmoqda. Unga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq provayderlari Turkiyadagi foydalanuvchilarning ma’lumotlarini Turkiyada qabul qilish javobgarligini olishi shart.

BTK, zarur deb topsa, politsiya/jandarma hamrohligida Turkiyadagi ijtimoiy media saytlari idorasida tekshiruv o‘tkaza oladi. Ma’lumotlarni Turkiyada saqlamagan tashkilotlarga 1 million liradan 5 million liragacha ma’muriy jazo qo‘llanadi.

Postlar o‘chirilmasa, jazo beriladi
Odatda ijtimoiy tarmoqlar sudlar tomonidan postlarni o‘chirib tashlash bo‘yicha berilgan talabga bo‘ysunmasdi, faqatgina ularni Turkiyada ko‘rinmas qilib qo‘yardi. Masalan, Twitter’dagi bir qancha akkauntlarga kirib bo‘lmaydi, shuningdek, YouTube’dagi ba’zi videolarni ko‘rishning imkoni yo‘q. Yangi tartibga ko‘ra, qonunga xilof yoki sud qarori bilan aniqlangan tarkiblar haqida xabar berilganiga qaramay, 24 soat ichida tarkibni olib tashlamagan yoki tarkibga kirishga cheklab qo‘ymagan ijtimoiy tarmoqlar kompensatsiya to‘laydi.

Ma’lumotni sud qarorisiz o‘chirish talabi
Ushbu qoida ijtimoiy tarmoqlardagi tarkibni o‘chirib tashlash bo‘yicha fuqarolar tomonidan ham talab bildirilishiga yo‘l ochadi. Arizalarga murojaat qilingan paytdan e’tiboran eng kechi bilan 72 soat ichida javob bermagan ijtimoiy tarmoqlar 100 ming liradan 1 million liragacha jarima to‘laydi. Ijtimoiy tarmoqlar har chorakda Turkiya fuqarolarining murojaatlari to‘g‘risidagi statistik va kategorik ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan hisobotlarni BTKga taqdim etib boradi.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 1
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 0
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 70
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 143
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 82
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 0
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 0
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 69
  • O‘zbekistonda transport vositalari ekologik nazoratdan o‘tkazilmoqda 16 apr, 14:43 21
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 143
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 82
  • O‘zini o‘zi band qilgan shaxs «soliq»da onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin 16 apr, 13:23 37
  • Germaniya kansleri Ukrainadagi urush uzoq davom etishiga ishora qildi 16 apr, 13:00 94
  • Polsha va Belarus chegarasida noqonuniy muhojirlar soni ortib bormoqda 16 apr, 12:39 62
  • Tadqiqot: juda qiyin uy vazifalarining foydasidan zarari katta 16 apr, 12:12 42
  • Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi 16 apr, 11:50 221
  • HAMAS nima uchun kelishuvdan bosh tortdi? 16 apr, 11:30 194
  • Bo‘limlar