“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 16:18
ЎЗO‘Z

Ayol kishi kunini qanday boshlashi kerak?

05 iyul, 10:30 4 166 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ayol kishi kunini qanday boshlashi kerak? Foto: Getty Images
Quyidagi berilgan tavsiyalarga amal qilsangiz, kelgusi ish haftangiz mazmunli va samarali bo‘lishiga erishasiz.

Jismoniy mashqlar
Kunlik energiya ta’minlanishi va xushkayfiyatda yurish uchun kunni jismoniy mashqlar bilan boshlash tavsiya qilinadi. Mashqlar turlicha bo‘lishi — xona ichida, hovlida bajarilishi, shuningdek, ko‘chada, toza havoda yugurish ham mumkin. Asosiysi esa erinmaslik va vaqt ajratish. Unutmang salomatlikning tashqi ko‘rinishga ta’siri katta.

Suv ichishni unutmang
Endigina uyg‘ongan organizmning tetiklashishi uchun bir stakan suvning ahamiyati beqiyos. Kun davomida suv ichishni kanda qilmaslik terining namligi yo‘​qolmasligi va tiniq ko‘rinishiga sabab bo‘ladi.

Gigiyena va go‘zallik
Gigiyenik muolajalar har bir ayol yoki qiz uchun individual bo‘ladi. Bu esa odat va qancha vaqt sarflanishi bilan bog‘liq. Lekin kontrast dush qabul qilish hammaga tavsiya qilinadi. Bu immunitet va teri tonusining yaxshilanishi, tongdan energiyaga to‘lishning kafolati hisoblanadi.

Yuz parvarishi
Yuz terisini birinchi tozalash keyin namlantirish va oziqlantirish zarur. Buning uchun uy sharoitida tabiiy niqoblardan foydalanish yoki sifatli kosmetikalarni qo‘llash mumkin.

Nonushta qilish
Tashqi ko‘rinishingiz iste’mol qiladigan mahsulotlar bilan bog‘liqligini unutmang. Aynan foydali nonushta sizni kun bo‘yi ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lishingiz, bo‘shashib qolmasligingizga sabab bo‘ladi. Shu sabab ham har kuni nonushtani o‘tkazib yubormaslikka harakat qiling.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq? 24 apr, 12:45 225
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 131
  • Parhezshunos uzoq yashash uchun muhim sirni «ochdi» 22 apr, 21:30 227
  • Xom go‘shtni nega yuvib ishlatish kerak emas? 22 apr, 14:18 355
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 172
  • So'nggi yangiliklar
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 4
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 11
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 16
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 139
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 45
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 135
  • Ukrainalik model dunyodagi eng uzun sochli ayol sifatida Ginnes rekordlari kitobiga kiritildi 25 apr, 13:43 75
  • Usmon Toshev: "Shubhasiz, Saudiyani yutishni xohlaymiz" 25 apr, 13:17 153
  • Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi 25 apr, 12:59 39
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 75
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 163
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 72
  • Bo‘limlar