“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 19:33
ЎЗO‘Z

AQSH razvedkasi narkotiklar savdosi ishtirokchisi - Rossiya TIV

05 iyul, 08:27 2 639 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
AQSH razvedkasi narkotiklar savdosi ishtirokchisi - Rossiya TIV Rossiyani toliblar bilan til biriktiruvda ayblayotgan AQSH razvedkasi narkotrafikka aralashgan, bu Qobuldagi har bir afg‘onga ayon, deb bayonot qildi RF Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIVning Osiyo ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov "Rossiya-1" telekanaliga bergan intervyusida.

"O‘sha yerdagi loyihalardan ajratiladigan son-sanoqsiz ulushlar biznikilarni narkotrafikda ayblayotgan ajabtovur amerikalik razvedkachilar ishtiroki tufaylidir. Ularning samolyotlari Qandahor va Bagramdan hech qanday tekshiruvsiz istalgan tomonga - istasa Germaniyaga, istasa Ruminiyaga qarab uchadi. Albatta, shunday biznes-ku. Qobulda istalgan afg‘on sizga bu haqda gapirib berishi mumkin, hatto, eng dangasasi ham bu mavzuda gapirishga tayyor. Bu hammaga ayon bo‘lgan sir ko‘pchilikning joniga tegib bo‘lgan. Barcha bu holatga allaqachon qo‘l siltagan", - dedi Kabulov.

Oldinroq New York Times amerika razvedkasidagi anonim manbalariga tayanib RF harbiy razvedkasi toliblarga aloqador jangarilarga Afg‘onistondagi amerika soldatlariga hujum uchun mukofot puli taklif etgani, AQSH prezidenti Donald Tramp bu haqda xabardor etilgani haqida maqola e’lon qilgan edi. Holat bo‘yicha dalillar taqdim etilmagan.

AQSHdagi RF elchixonasi sal oldin Rossiya va Afg‘oniston haqidagi xabarlardan so‘ng diplomatlar nomiga kelib tushayotgan tahdidlar tufayli mamlakat hukumatidan bu holatga adekvat reaksiya bildirishni talab qilgan. RF TIV ommaviy axborot vositalarida chop etilgan xabarlarni "feyk", deya atadi. Tramp ushbu maqolani "buyurtma", deb hisoblashini ma’lum qildi.

Oq uy, Pentagon va AQSH razvedkasi ushbu xabarlar hozircha o‘z tasdig‘ini topmagani va Tramp bu haqda ogohlantirilmagani haqida bayonot bermoqda. Trampga ko‘ra, Rossiyaning toliblar bilan til biriktiruvi o‘zi va Respublikachilar partiyasiga ziyon yetkazish uchun o‘ylab topilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari: «Savol o‘rinli, ammo biz tan olmaymiz» 28 mar, 19:30 0
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 30
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 276
  • AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi 28 mar, 14:00 90
  • Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi? 28 mar, 13:31 426
  • Rossiya FVV: Crocus'dagi terakt: qurbonlar soni 143 kishiga yetdi 28 mar, 13:10 81
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘zbekistonlik besh nafar hakam Qatardagi U-23 Osiyo kubogida faoliyat olib boradi 28 mar, 18:49 0
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 0
  • UzAuto Motors avtomobillaridan biriga shartnoma berishni boshlaydi 28 mar, 18:02 1
  • Rus nashrlari: «Krokus»da terakt uyushtirganlar narkotik ta’sirida bo‘lgan 28 mar, 17:40 30
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 10
  • Toshkentning “Bunyodkor” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi 28 mar, 17:00 79
  • Lezviya bilan badanini kesgan yigit hodisasi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi 28 mar, 16:44 121
  • Qandli diabet kasalligida ro‘za tutsa bo‘ladimi? 28 mar, 16:20 68
  • 29 mart kuni O‘zbekiston hududida qanday ob-havo kutilmoqda? 28 mar, 15:53 96
  • Jizzaxda ikki rahbar 64 gektar yerni sotayotganda qo‘lga olindi 28 mar, 15:30 53
  • Rossiya NATO bilan jang qilish niyatidami? Putin nima deb javob berdi? 28 mar, 15:07 275
  • Toshkentdan Farg‘ona vodiysiga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi 28 mar, 14:43 45
  • Bo‘limlar