“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 13:13
ЎЗO‘Z

Ajdarho oshxonasi: Bryus Li rioya qilgan 8 ta ovqatlanish qoidasi

05 iyul, 07:30 4 425 Hayot tarzi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ajdarho oshxonasi: Bryus Li rioya qilgan 8 ta ovqatlanish qoidasi Muvaffaqiyatga erishishda jangchining qat’iy ratsioni muhim rol o‘ynadi.
Bryus Li ideal tanaga ega edi: mushaklar va, aftidan, teri ostida bir tomchi yog‘ yo‘q edi. Xitoy jang san’atining buyuk ustasi qattiq mashqlar va qat’iy ovqatlanish rejasi tufayli bu natijaga erishdi.

Vaqt o‘tishi bilan Li xitoy taomlari va bodibilding jurnallaridan retseptlar bilan tajriba o‘tkazib, o‘z diyetasini ishlab chiqdi.
Siz bilan Gollivud afsonasining parhezni tuzish qoidalari bilan o‘rtoqlashamiz.

1-qoida. Hamirli taomga yo‘q deng
Jangchi «oziq-ovqat falsafasi»ning bir qismi bu organizm va tana shakliga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan «bo‘sh» kaloriyalarni kiritmaslik. Albatta, Li ba’zida o‘ziga un mahsulotlari iste’moliga ruxsat bergan, lekin u buni juda kamdan-kam hollarda va ko‘pincha egalaridan bosh tortish mumkin bo‘lmagan mehmondorchilikda qilgan.

2-qoida. Minimal sut mahsulotlari
Aytishlaricha, Bryus Li hech qanday sut mahsulotlarini iste’mol qilmagan va oqsilli kokteyllarda sutning o‘rniga quruq sutdan foydalangan.

3-qoida. Porsiyalarni kamroq qiling, lekin tez-tez ovqatlaning
Ushbu maslahat aktyor bilan birga ko‘plab diyetologlar tomonidan beriladi. Qachonki, kam va tez-tez ovqat iste’mol qilsangiz, tana yog‘larni zaxiraga olib qo‘yishga ulgurmaydi. Bryus kuniga besh marta ovqatlanib, ovqatlanish oralig‘ida mevallar yegan.

4-qoida. Oqsilli kokteyl iste’mol qiling
Li kokteyllar bilan tajriba o‘tkazgan, chunki u ularni juda yaxshi ko‘rar edi. Uning ichimliklarining asosini doimo sut kukuni, tuxum, araxis yog‘i, banan, pivo achitqisi va unib chiqqan bug‘doy egallagan.

5-qoida. Oziq-ovqat qo‘shimchalaridan saqlanmang
Jangchining menyusida har doim C va Ye vitaminlari, asal gulchangi, na’matak siropi, atserol va letsitin bo‘lgan. Ammo ozuqaviy qo‘shimchalar to‘plami individualdir, shuning uchun ularni sotib olishdan oldin shifokor bilan maslahatlashib, tanangizda nima yetishmayotganini bilib olishingiz kerak.

6-qoida. Asal va jenshen iste’mol qiling
Bryus Li ushbu mahsulotlarni tanani vitaminlar bilan to‘ldirish uchun iste’mol qilgan. Asal va jenshen immunitetni saqlash uchun juda foydali va hozir ham juda dolzarbdir.

7-qoida. Uglevodlar haqida unutmang!
Uglevodlar universal energiya manbayi. Mashg‘ulot davomida tanamizdan ko‘p kuch va resurs talab qilinadi. Shuning uchun ularni to‘ldirish kerak.

8-qoida. Xitoy oshxonasini ko‘rib chiqing
Bu, albatta, individual masala, lekin Gollivud yulduzining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy oshxonasida oqsilga boy foydali ovqatlar ko‘p. Masalan, tofu pishlog‘i. Bu borada Bryusning fikri asossiz, deyolmaymiz.

Manba: xs.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ozish uchun nonushtaning uchta oltin qoidasi 19 apr, 21:00 87
  • Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi 18 apr, 12:22 244
  • Yulduzlar parhezi: tez ozdiradigan uchta ziravor 17 apr, 17:00 134
  • Qulupnayning siz bilmagan 10 ta foydali xususiyati 17 apr, 07:41 154
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 17 apr, 05:30 128
  • Olimlar keksalikda ham aql-idrokni saqlab qolishning oddiy usullarini aniqladi 16 apr, 21:24 134
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 0
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 0
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 0
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 2
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 17
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 16
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 5
  • Rossiyaning chegaraoldi hududlariga dronlar hujum qildi 20 apr, 10:00 49
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 9
  • Chexiya Ukraina uchun 500 mingta snaryad sotib oldi 20 apr, 09:13 22
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 228
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 10
  • Bo‘limlar