“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 15:03
ЎЗO‘Z

Erdog‘an Ayo Sofiya haqidagi tanqidlariga keskin javob qaytardi

04 iyul, 23:21 3 614 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erdog‘an Ayo Sofiya haqidagi tanqidlariga keskin javob qaytardi Turkiya prezidenti Toyyib Erdog‘an Ayo Sofiyaning maqomi muzeydan masjidga o‘zgarishi mumkinligi haqidagi bir qator davlatlarning tanqidini rad etdi, deya xabar beradi NTV telekanali.

Biz boshqa mamlakatlarda ibodat qilmayotganimiz sababli, boshqa davlatlar bizning ibodatlarimizga aralashishga haqli emas. Ayo Sofiya mavzusida ilgari surilgan ayblovlar bizning suveren huquqlarimizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumdir”, dedi Erdog‘an.

Ayo Sofiya sobori - Vizantiya me’morchiligining yodgorligi. U 532-537 yillarda Konstantinopolning shon-sharafini abadiylashtirishga qaror qilgan imperator Yustinianning rahbarligi ostida qurilgan. O‘tgan asrning 40-yillarida, zamonaviy turk davlatining asoschisi Kamol Otaturk tomonidan imzolangan Turkiya hukumatining qaroriga binoan, kafedra muzeyga aylantirildi va xristian freskalari va mozaikalaridan ularni yashirgan qatlamlar olib tashlangan. 1985 yilda Ayo Sofiya YUNESKOning Butunjahon meros ob’ektlariga kiritilgan.

Eslatib o‘tish joizki, 2019 yilda Erdog‘an Ayo Sofiyaning maqomi muzeydan masjidga o‘zgartirilishi mumkinligini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSHning Jo‘lan tepaliklari ustidan Isroil suverenitetini tan olishiga javob bo‘ladi.

Iyun oyida Erdog‘an soborning maqomini o‘zgartirishda Gretsiyaga "o‘z o‘rnini bilishni" maslahat berdi va bunday qarorlar uchun Turkiya parlamenti borligini aytdi.
2020 yil iyul oyi boshida Gretsiya hukumatining rasmiy vakili Stelios Petsas Gretsiya Turkiyani Istanbuldagi Ayo Sofiya muzeyi maqomini saqlab qolishga chaqirdi, chunki soborni masjidga aylantirish xristianlar va Turkiya o‘rtasida bo‘linishni keltirib chiqarishi mumkin.

Ammo “diniy tolerantlik”ni maslahat berayotgan Gretsiyaning o‘zi musulmonlarni har taraflama diskriminatsiya qilishda davom etmoqda. Masalan, Afinada jome masjidining ochilishi bir necha yillardan buyon cho‘zib kelinmoqda. Afina hududida masjid bo‘lmagan Yevropadagi yagona poytaxt shaharligicha qolmoqda.

Manba: Azon.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 0
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • So'nggi yangiliklar
  • Putinning atrofidagilar Ukrainaning «Krokus»dagi teraktga aloqadorligiga ishonmayapti 29 mar, 14:48 0
  • O‘zbekiston — Gongkong futbol uchrashuvidan so‘ng uch kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi 29 mar, 14:22 2
  • Hibsdan vaqtincha ozod etilgan Dani Alves tonggacha ziyofat uyushtirdi 29 mar, 14:01 1
  • Toshkentda xavfli holat sodir etib, qarama-qarshi harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 29 mar, 13:30 4
  • Muzliklarning erishi Yerning aylanish tezligini o‘zgartirmoqda 29 mar, 13:06 50
  • Polshada Rossiya josuslik tarmog‘i ishi bo‘yicha tintuvlar o‘tkazildi 29 mar, 12:39 39
  • Samsung o‘z tarixidagi eng yaxshi selfi kamerali smartfonni namoyish etdi 29 mar, 12:12 23
  • Vadim Abramov: "Bunday sifatli va saviyali futbolchiga doim tarkibda joy topiladi" 29 mar, 11:50 103
  • Chexiya yevropalik siyosatchilarni Rossiyadan pora olish sxemasini fosh etganini da’vo qilmoqda 29 mar, 11:20 90
  • Shomurodovning ahvoli haqida ma’lumot berildi 29 mar, 10:53 237
  • So‘rovnoma: Nursulton Ro‘ziboyev 1-raunddayoq raqibini "uxlatib" qo‘yadi 29 mar, 10:25 122
  • Ronalduning libosini kiygan taniqli bloger Messiga aloqador restorandan haydab yuborildi 29 mar, 10:02 133
  • Bo‘limlar