“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 12:41
ЎЗO‘Z

DXX “jihodchilar” guruhlari faoliyatiga chek qo‘ydi

04 iyul, 09:16 3 402 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
DXX “jihodchilar” guruhlari faoliyatiga chek qo‘ydi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarining Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida o‘tkazgan tezkor tadbirlari natijasida jami a’zolari 25 nafar bo‘lgan ikkita yashirin “jihodchilar” guruhi faoliyatiga chek qo‘yildi.
Guruhlarning biri 2019 yilning may oyida tashkil etilib, unga yetakchilik qilgan shaxs o‘tgan yilning noyabr oyida Suriya davlatidagi
“Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti safiga borib qo‘shilgan.

Ikkinchi guruh esa muqaddam ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo muddatini o‘tab chiqqan fuqaro tomonidan tuzilgan. Dastlabki surishtiruv jarayonlarida ma’lum bo‘lishicha, birinchi guruh a’zolarining aksariyati hozirda Suriyadagi jangarilar safida bo‘lgan o‘z yetakchisi bilan internet orqali muntazam ravishda aloqa qilib turgan.

O‘zaro yig‘inlarda guruhlar a’zolari diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining, jumladan, “Abu Saloh”, “Abdulloh Zufar”, “Sodiq Samarqandiy”larning “hijrat” va “jihod” qilish to‘g‘risidagi audio-video ma’ruzalari hamda da’vatlarini tinglab, “Jihodchilar” oqimi g‘oyalarini o‘z atrofidagilarga targ‘ib qilib kelishgan.

1968-2002 yillar oralig‘ida tug‘ilgan mazkur shaxslarning 3 nafari avval ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etganliklari uchun javobgarlikka tortilgan bo‘lsalarda, qilmishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishmagan.
Ta’kidlash lozimki, mazkur guruhlar a’zolari orasida xususiy nashriyot rahbari, tibbiyot xodimi, arab tili kursi o‘qituvchisi, umumiy ovqatlanish muassasalari ishchilari va tijorat ishlari bilan shug‘ullanuvchi shaxslar bor.

Har ikki guruh a’zolarining yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuv tadbirlari davomida 200 dan ortiq norasmiy diniy adabiyotlar va varaqalar, shuningdek, kompyuter, noutbuk, planshet, mobil telefon, flesh-karta va DVD disklar borligi aniqlanib, ularda saqlanayotgan ma’lumotlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun protsessual tarzda rasmiylashtirilib olindi.
Hozirda Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda eslatib o‘tish lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudining qarori hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning xulosalariga ko‘ra “Abu Saloh”, “Abdulloh Zufar”, “Sodiq Samarqandiy”larning ma’ruzalari aqidaparstlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi va mamlakatimizdagi konstitutsion tuzumni qonunga xilof tarzda o‘zgartirishga qaratilganligi bois, ularni respublikamiz hududiga olib kirish, saqlash va tarqatish taqiqlanadi hamda Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Buxoroda er rashk tufayli dahshatli jinoyatga qo‘l urdi 24 apr, 12:23 1
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 276
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 158
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda qalbaki 70 ming dollarning muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi 24 apr, 12:00 1
  • CNN: AQSHning Ukrainaga yangi harbiy yordami Yevropadagi omborlarda turibdi 24 apr, 11:33 1
  • Latviya O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha grant loyihasini boshlaydi 24 apr, 11:11 1
  • Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Netanyaxuni Gitlerga qiyosladi 24 apr, 10:46 20
  • Devid Kemeron O‘zbekistonga nima maqsadda kelganini aytdi 24 apr, 10:23 61
  • Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi 24 apr, 10:02 33
  • Osiyo kubogi U23. O‘zbekiston chorakfinalga guruh peshqadami sifatida yo‘l oldi 24 apr, 09:37 55
  • Eshkak eshuvchilar Parij Olimpiadasiga 5 ta litsenziya qo‘lga kiritishdi 24 apr, 09:09 23
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 273
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 24
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 172
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 168
  • Bo‘limlar