“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 12:12
ЎЗO‘Z

Apple iPhone 12’ni naushnik va quvvatlantirgichsiz ishlab chiqaradi

02 iyul, 15:06 2 926 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Apple iPhone 12’ni naushnik va quvvatlantirgichsiz ishlab chiqaradi Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Twitter’dagi LOvetodream nikli taniqli insayder yangi iPhone qurilmalari jamlanmasidan quvvatlantirish bloki va naushniklar bo‘lmasligi to‘g‘risidagi gap-so‘zlarni tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfon qutisi ancha ingichkalashib, nozik shaklga kiradi, deb xabar qiladi Hi-Tech.Mail.ru.

Avvalroq taniqli tahlilchi Min Chi-Kuoga Apple yangi va eski iPhone’lar jamlanmasidan quvvatlantirgichni olib qo‘yishi haqida yozgandi. Shunday qilib, kompaniya bir vaqtning o‘zida bir necha muammoga yechim topadi — qutilar ingichkalashgani sabab smartfonlar logistikasini soddalashtiradi va 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash texnologiyasining joriy etilishi natijasida qurilma narxining ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. iPhone 12 jamlanmasidan faqatgina Lightning kabel va smartfonning o‘zi o‘rin oladi.

Shundoq ham ko‘pchilik uyida boshqa smartfon yoki qurilmalarning quvvatlantirish bloki mavjud. Agarda kimgadir qo‘shimcha quvvatlantirish qurilmasi yoki naushnik kerak bo‘lib qolsa — uni alohida xarid qilishi mumkin. Shuningdek, Apple doim ekologiyaga e’tibor qaratib kelgan — smartfon qutilari parchalanib ketadigan materialdan tayyorlanadi, eski smartfonlar esa qayta ishlanadi.

Mazkur yangilik eski modeldagi smartfonlarning jamlanmasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Kuz faslidan boshlab iPhone SЕ ham naushnik va quvvatlantirgichsiz yetkazib beriladi. Mish-mishlarga ko‘ra, bazaviy iPhone 12 narxi iPhone 11’dan 50 dollarga arzon bo‘ladi (taxminan 770 dollar).

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Biznes imkoniyatingizni kengaytiring 18 apr, 19:00 72
  • Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi 18 apr, 13:45 59
  • TikTok fotosuratlar uchun mo‘ljallangan yangi ilovani chiqaradi 13 apr, 22:30 41
  • Dunyodagi eng yupqa qo‘l soati chiqarildi (video) 11 apr, 21:21 92
  • Italiyada oyoq o‘lchamiga moslashuvchan ko‘p yillik krossovka ixtiro qilindi 11 apr, 17:44 78
  • AQSH fuqarolarga “Kasperskiy laboratoriyasi” dasturiy ta’minotidan foydalanishni taqiqlamoqchi 10 apr, 14:06 51
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amaldorlarning xorijga chiqishiga cheklovlar kuchaytirilmoqda 19 apr, 11:36 12
  • Ozarbayjon Eronga qarshi hujumda foydalanish uchun Isroilga aerodromlarini topshirdi 19 apr, 11:09 157
  • Telegram orqali soxta havola jo‘natib, o‘zgalar kartasidagi pulni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi 19 apr, 10:44 38
  • “Bayer” klubi mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha rekord o‘rnatdi 19 apr, 10:24 51
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 46
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 255
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 129
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 147
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 115
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 88
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 123
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 52
  • Bo‘limlar