“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 10:13
ЎЗO‘Z

«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi

02 iyul, 13:48 2 664 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishini jadallashtirish masalasi muhokama qilindi Xitoy tomoni bilan kelishilgan holda loyihaning amaliy masalalarini hal qilishni tezlashtirish yuzasidan vazirlar darajasida navbatdagi videokonferensiya aloqa shaklida onlayn uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Joriy yilning 1 iyul kuni O‘zbekiston transport vaziri Elyor G‘aniyev va Qirg‘iziston transport vaziri Janat Beyshenovning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘li qurilishini jadallashtirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Barcha tomon uchun muhim bo‘lgan ushbu loyihani amalga oshirishda yo‘nalish marshrutlarini tanlash, texnik va moliyaviy shartlar bilan bog‘liq aniq masalalarni muhokama qilish uchun videokonferensiya aloqa shaklida uchrashuv o‘tkazish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

Kelgusi haftada Xitoy tomoni bilan kelishilgan holda loyihaning amaliy masalalarini hal qilishni tezlashtirish yuzasidan vazirlar darajasida navbatdagi videokonferensiya aloqa shaklida onlayn uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, muloqot davomida Markaziy Osiyo va Osiyo–Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro savdo aloqalarini oshirishda muhim bo‘lgan Lyanyungan – Lanchjou – Qashg‘ar – Irkeshtom – O‘sh – Andijon multimodal transport yo‘lagidan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Muloqot yakunida tomonlar Xitoy shaharlari, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bo‘ylab harakatlanayotgan, Xitoyning Irkeshtom shahridan O‘sh temiryo‘l stansiyasigacha yuklarni konteynerda yetkazish va bu yerda blok-poyezdlarni shakllantirgan holda so‘nggi manzilga yuk yetkazib berish zanjirining uzilishlarsiz faoliyat yuritishini tashkil qilish, transport vositalarining to‘siqlarsiz o‘tishini ta’minlashga kelishib olindi, deyiladi Transport vazirligi xabarida.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda hafta oxirida kuzatiladigan ob-havo prognozi e’lon qilindi 18 apr, 11:56 228
  • 18 aprel kuni havo harorati 30 darajagacha ko‘tariladi 17 apr, 11:55 52
  • O‘zbekistonda 1 km/kv maydonga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi 15 apr, 12:06 146
  • 15 aprel uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi 14 apr, 18:03 151
  • O‘zbekistonning ayrim hududlarida 13 aprel kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda 12 apr, 13:24 299
  • O‘zbekistonda 11 aprel kuni havo harorati 32 darajagacha ko‘tariladi 10 apr, 13:11 52
  • So'nggi yangiliklar
  • Turkiya shimolida 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi (video) 19 apr, 10:00 0
  • Isroil dronlar orqali Eronga zarba berdi 19 apr, 09:35 93
  • NASA: Xitoy Oyni o‘ziniki qilib olmoqchi 19 apr, 09:09 72
  • Ibrohimhalil Yo‘ldoshev: "Klubim meni qo‘yib yubormoqchi emasdi, biroq..." 19 apr, 08:50 75
  • Yens Stoltenberg: “Ukraina harbiylar yetishmovchiligi muammosini o‘zi hal qilishi kerak” 19 apr, 08:26 69
  • U-23 Osiyo Kubogi. Qatar Iordaniyaga qarshi bahsda so‘nggi daqiqalarda g‘alabani ilib ketdi 19 apr, 08:08 67
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 99
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 44
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 148
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 276
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 94
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 223
  • Bo‘limlar