“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 21:56
ЎЗO‘Z

Xitoy bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqda, G‘arb esa norozi...

02 iyul, 11:30 3 489 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xitoy bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqda, G‘arb esa norozi... Foto:«EPA»
Xitoy tomonidan qabul qilingan milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunga qarshi Honkongda namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Xabarlarga ko‘ra, politsiya 300 dan ziyod kishini hibsga olgan. Namoyishchilar rasmiy Pekin qabul qilgan so‘nggi qonundan norozi.

Gap shundaki, Xitoy yaqinda Honkongning huquqiy tizimiga doir qonun hujjatini qabul qildi. Tahlilchilarga ko‘ra, Pekin ushbu qonun vositasida bir o‘q bilan ikki quyonni urmoqda. Birinchidan, qonun muxtor maqomga ega hudud aholisining siyosiy huquqlarini cheklaydi.

Demak, ajralib chiqish yo‘lidagi urinishlarga chek qo‘yiladi. Ikkinchidan, milliy xavfsizlikka tahdid deb baholangan jinoyatlarga umrbod qamoq jazosi berilishi mumkin. Bu esa Honkongda ko‘pdan buyon davom etayotgan aksilhukumat namoyishlarini to‘xtatishga xizmat qiladi.

AQSH hamda Yevropa mamlakatlari yangi qonun loyihasini qoralab chiqdi. G‘arb mamlakatlariga ko‘ra, Pekin qabul qilgan hujjat uning xalqaro bitimlar bo‘yicha zimmasiga olgan majburiyatlariga ziddir.

Foto:«Reuters»
1997 yilda Buyuk Britaniya sobiq mustamlaka hududi – Honkongni Xitoyga topshirdi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, rasmiy Pekin 50 yil davomida honkongliklarning huquq va erkinlarini muhofaza etadigan bo‘ldi. 2047 yilga qadar Honkongda «bir mamlakat – ikki tizim» qoidasi amal qilishi e’lon qilindi, aholiga keng siyosiy huquqlar, jumladan, so‘z va namoyish o‘tkazish erkinligi taqdim etildi.

Xavotirlarga ko‘ra, yangi qonun bo‘yicha har qanday namoyish milliy xavfsizlikka tahdid deb baholanishi mumkin.
AQSH Davlat kotibi «Xitoy Honkong aholisiga 50 yil muddatga erkinlik va’da qilgan edi, ammo 23 yil o‘tib va’dasini buzdi» deya e’tiroz bildirdi. Pompeoga ko‘ra, yovvoyi qonun hudud muxtoriyatini yo‘qqa chiqardi.

Kanada hukumati ham Honkongga otlangan fuqarolarini asossiz hibslar ehtimolidan ogohlantirdi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson esa honkongliklarga qirollik fuqaroligini berish jarayoni osonlashtirilishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, hududda yashovchi 7,45 million aholidan 3 millioni yengillashtirilgan tartibda Britaniya fuqaroligini olish imkoniga ega bo‘ladi.

Honkong borasida qat’iy pozitsiya namoyish etayotgan rasmiy Pekin G‘arb mamlakatlarini mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirdi.

Foto:«AP»
Ayni paytda ingliz huquq tizimi amal qilayotgan Honkongda mustaqil sudyalar faoliyat yuritadi. Yangi qonun esa hududda Xitoydagi kabi xalq sud tizimi joriy etilishiga yo‘l ochadi.

Yangi qonunga ko‘ra, Xitoy markaziy hukumati va mintaqaviy boshqaruv idoralariga nisbatan dushmanlikni uyg‘otish, transport ob’ektlariga zarar yetkazish terrorizm deb malakalanadi. Shuningdek, muxtor hududda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Pekinga bo‘ysunuvchi xavfsizlik idorasi tashkil etiladi.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 5
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 26
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 52
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 138
  • Ukraina dronlari Rossiyadagi neft bazalariga hujum qildi 24 apr, 16:20 147
  • Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda 24 apr, 15:56 185
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi 24 apr, 20:50 0
  • Gvardiola, Arteta, Enrike: “Barsa”ning ishtahasi “cho‘ntagi”ga to‘g‘ri kelmayapti 24 apr, 20:33 0
  • Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi 24 apr, 20:08 3
  • Ukraina hukumati AQSH tanqidiga uchradi 24 apr, 19:42 24
  • Kreml chechen amaldorining qo‘lga olinishi voqeasiga aralashmaydi 24 apr, 19:17 51
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 97
  • Rossiya mudofaa vaziri ishdan olinishi mumkin 24 apr, 18:26 137
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 13
  • O‘zbekiston terma jamoasi Saudiya Arabistoni bilan raqib bo‘lishdan qo‘rqqani yo‘q! 24 apr, 17:44 86
  • Xoang An Tuan: "O‘zbekiston terma jamoasi finalga qadar yetib borishiga ishonaman" 24 apr, 17:22 78
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 159
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 148
  • Bo‘limlar