“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 07:00
ЎЗO‘Z

Bozorlardagi narx-navolar ma’lum qilindi

02 iyul, 10:00 2 517 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bozorlardagi narx-navolar ma’lum qilindi Davlat statistika qo‘mitasi bozorlardagi narx-navo to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qo‘mita mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020 yil 30 iyun kuni kuzatuv o‘tkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 38 000 so‘mdan 65 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi, Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da qayd etilgan (38 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (65 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg)
Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (75 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 1 500 so‘mdan 5 500 so‘mgacha (kg)
Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Andijon shahrining «Yangi bozor dehqon bozori», «Andijon shahar markaziy dehqon bozori», Chirchiq shahrining «Chirchiq dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da qayd etilgan (1 500 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (5 500 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 750 so‘mdan 3 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da (750 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi (3 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 4 500 so‘mgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Jizzax shahrining «Eski shahar dehqon bozori», Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori», Farg‘ona shahrining «Markaziy dehqon bozori», Toshkent shahrining «Farhod dehqon bozori»da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (4 500 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 5 000 so‘mdan 13 000 so‘mgacha (10 dona)
Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da qayd etildi (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da qayd etilgan (13 000 so‘m).

Guruch 4 500 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kg)
Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining «Nukus dehqon bozori»da ro‘yxatga olingan («Nukus 2» navli guruch 4 500 so‘m). Maksimal narx esa, Toshkent shahrining «Mirobod dehqon bozori»da kuzatildi («Lazer» navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 400 so‘mdan 14 500 so‘mgacha (litr)
O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining «Eski jo‘va dehqon bozori», «Qo‘yliq dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (mahalliy paxta yog‘i 8 400 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori»da (kungaboqar yog‘i 14 500 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 800 so‘mdan 7 000 so‘mgacha (kg)
Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra minimal narxi Termiz shahrining «Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori»da, Guliston shahrining «Guliston dehqon bozori»da, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori», «Farhod dehqon bozori», «Mirobod dehqon bozori», «Eski jo‘va dehqon bozori» va «Qo‘yliq dehqon bozori»da (5 800 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining «Oloy dehqon bozori» va «Mirobod dehqon bozori»da (7 000 so‘m) kuzatildi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 65
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 173
  • Jizzaxda energiya resurslaridan 7,5 milliard qarzdorliklar majburiy undirildi 28 mar, 19:31 43
  • Surxondaryoda YTHda haydovchi ayol va uning farzandlari halok bo‘ldi 28 mar, 19:08 250
  • Korrupsiya darajasi yomon va yaxshi bo‘lgan tashkilotlar e’lon qilindi 28 mar, 18:23 108
  • Toshkentda qalbaki dollarni sotishga uringan shaxslar qo‘lga olindi 28 mar, 17:17 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Nikol Pashinyan: “Armaniston quvg‘indagi Tog‘li Qorabog‘ hukumatini tan olmaydi” 29 mar, 06:00 0
  • Qo‘shtepa kanali qurilishi butun Markaziy Osiyoga tahdid solmoqda 29 mar, 05:00 94
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir kishi ushlandi 29 mar, 00:30 306
  • Nima uchun «Krokus»da kerakli pallada xavfsizlik kuchlari yo‘q edi? 29 mar, 00:11 262
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 130
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 107
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 61
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 50
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 57
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 60
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 234
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 374
  • Bo‘limlar