“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 23:48
ЎЗO‘Z

Tanishlariga 150,0 mln. so‘m moddiy zarar yetkazgan firibgar sud hukmi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum bo‘ldi

02 iyul, 09:16 2 027 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tanishlariga 150,0 mln. so‘m moddiy zarar yetkazgan firibgar  sud hukmi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum bo‘ldi Toshkent viloyatida 33 yoshli O.U. 2017 yilning may oyidan 2018 yilning fevral oyigacha bo‘lgan vaqt mobaynida 45 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, kredit savdo do‘konlaridan ularning nomiga kredit shartnomasi rasmiylashtirgan holda o‘ziga turli xildagi maishiy texnikalarni olgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u belgilangan miqdordagi kredit to‘lovlarini muntazam ravishda o‘z vaqtida to‘lab kelishini aytib, aldov yo‘li bilan ishonchiga kirganidan so‘ng fuqarolarning nomiga olingan maishiy texnika vositalarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ularni boshqalarga sotib yuborib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab yuborib, bergan va’dasini bajarmasdan shu davr mobaynida fuqarolarga jami 150.000.000 so‘m moddiy zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.U.ga nisbatan 168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov jarayonida O.U. JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va ayblov xulosasi bilan shahar prokuraturasiga yuborilgan.

Jinoyat ishlar bo‘yicha Chirchiq shahar sudining hukmi bilan O.U. JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil 5 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 28
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Andijon va Qashqadaryoda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘yildi 26 apr, 18:08 30
  • Qizga tegajog‘liq qilib tasvirga olganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi 26 apr, 14:28 192
  • Toshkent shahrida qaysi viloyat haydovchilari ko‘proq taksichilik qilmoqda? 26 apr, 13:03 215
  • O‘zbekiston AQSHning “kuzatuvdagi davlatlar ro‘yxati”dan chiqarildi 26 apr, 10:49 144
  • So'nggi yangiliklar
  • Xose Venansio Lopes: "Himoyada ham, hujumda ham ajoyib harakat qila oldik" 26 apr, 22:53 0
  • Timur Ivanov ishi. Qo‘lga olinganlar haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 26 apr, 22:44 1
  • Qozog‘istonlik amaldor jamoat muhokamasiga 100 ta chelak olib keldi 26 apr, 22:18 0
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 28
  • Futzal, Osiyo kubogi. Eron O‘zbekistonni mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi 26 apr, 21:39 19
  • Dunyoning eng zo‘r bokschisi Krouford nega Madrimovni tanlaganini aytdi 26 apr, 21:28 57
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston final uchun Saudiyadan revansh oldi! (video) 26 apr, 21:20 81
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 36
  • Istanbulda terakt sodir etgan suriyalik ayol 1794 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 26 apr, 20:24 56
  • Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi 26 apr, 19:16 56
  • Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurish» taqiqlandi 26 apr, 18:57 45
  • Elektr va gaz tariflarini erkinlashtirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad nima? 26 apr, 18:30 54
  • Bo‘limlar