“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 19:38
ЎЗO‘Z

O‘zbekistondagi narkodispanserlarda qancha odam hisobda turgani ma’lum qilindi

02 iyul, 08:50 3 840 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistondagi narkodispanserlarda qancha odam hisobda turgani ma’lum qilindi «Yuksalish» umummilliy harakati tomonidan jamoatchilik muloqoti tashkil etildi. Muloqotda O‘zbekistonda narkotik vositalari hamda psixofaol preparatlar tarqalishining huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ruhiy jihatlari muhokama qilindi, deya xabar beradi harakat o‘z xabarida.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat G‘ulomovning ta’kidlashicha, 2019 yil davomida 5 mingdan ortiq narkotik vositalari bilan bog‘liq jinoyat sodir etilgan. Respublika narkodispanserlarida esa hozirda 5 698 nafar odam hisobda turadi.

«Tan olish kerak, butun dunyo hamjamiyatida giyohvandlik, narkojinoyat bilan bog‘liq muammolar juda ko‘p. Bu muammolarga duch kelmagan davlat ham bo‘lmasa kerak —ba’zilari yetishtirsa, ba’zilari yetkazib beradi. O‘zbekiston Afg‘oniston bilan bevosita chegaradosh ekanligi, qo‘shni mamlakatda giyohvand moddalar ishlab chiqarilishi to‘xtamayotgani salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmayapti. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Afg‘onistonda rekord darajada, ya’ni 9 000 tonna opiy yetishtirilgan. Ularning asosiy qismi tranzit yo‘llar orqali, jumladan, O‘zbekistondan ham olib o‘tilgan. Bu esa tranzit davlatlarga tashvish keltirgan.

2019 yil yakunida respublikamizda 5 mingdan ortiq narkotik vositalari bilan bog‘liq jinoyat sodir etilgan. 1 tonna 200 kg atrofida narkotik vositalar musodara qilingan. Narkodispanserda hisobda turganlar esa 5 698 nafarni tashkil etgan
», – deydi G‘ulomov.

Shuningdek, G‘ulomov narkotik vositalarning yangi turlari paydo bo‘layotganidan, ba’zilar uni uy sharoitida ham tayyorlab iste’mol qilayotganini aytib o‘tdi.

«Ma’lum bo‘lgan jinoyatlar bilan birga biz hali ko‘rmagan giyohvandlar qanchadan qancha. Buni jamoatchilik bizdan ko‘ra yaxshi biladi.
Yana bir jihat borki, narkotiklarning yangi turlari, masalan, sintetik narkotiklar paydo bo‘la boshladi. Hatto yoshlarimiz orasida narkotik vositalarni uy sharoitida tayyorlab, iste’mol qilayotganlari ham bor. Ularning ota-onalari bundan oxirgi nuqtada xabar topyapti. Fursatdan foydalanib, jamoatchilikni ogohlantirmoqchiman: agar qayerda giyohvandlik bilan bog‘liq noqonuniy xatti-harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, bunga qarshi kurashish birgina huquqni muhofaza qilish idoralarining vazifasi deb o‘ylamang. Bu har bir fuqaroning burchidir
», – deydi Shuhrat G‘ulomov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 94
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 81
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 73
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 95
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 574
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 539
  • So'nggi yangiliklar
  • Burkina-Faso armiyasi 223 nafar tinch aholi vakillarini qirib tashlagani aytilmoqda 25 apr, 18:48 0
  • Devid Kemeronning Markaziy Osiyo davlatlariga safari: G‘arb nimadan xavotirda? 25 apr, 18:18 1
  • Xavi: "Qarorimni o‘zgartirdim, chunki..." 25 apr, 18:00 0
  • Rossiya qurolli kuchlari Cherkask va Dnipropetrovsk viloyatlariga zarba berdi 25 apr, 17:36 3
  • Polsha Kiyevga harbiy xizmatga majbur bo‘lgan erkaklarni qaytarishda yordam bermoqchi 25 apr, 17:13 29
  • «O‘zgidromet» 26 aprel kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi 25 apr, 16:10 86
  • Qirg‘izistonda elektromobillar yashil davlat raqamida harakatlanadi 25 apr, 15:45 21
  • Ukraina Vazirlar Mahkamasi: Xorijdagi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan ukrainalik erkaklar endi pasport ololmaydi 25 apr, 15:22 44
  • Futzal. Osiyo chempionati 1/4 final: Vetnam qanday taslim etildi? (video) 25 apr, 15:06 51
  • Timur Kapadze matbuot anjumanida Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs haqida nimalar dedi? 25 apr, 14:39 196
  • Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi 25 apr, 14:30 61
  • Tojikistonda 17 yoshli yigitni yashin urdi 25 apr, 14:11 184
  • Bo‘limlar