“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 09:26
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi bilan uchrashuvlarida cheklovlar bekor qilindi

02 iyul, 08:27 1 983 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi bilan uchrashuvlarida cheklovlar bekor qilindi O‘zbekistonda voyaga yetmagan mahkumlarning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlarida cheklovlar bekor qilindi, deya xabar beradi Adliya vazirligi.

Yuqorida keltirib o‘tilgan tartib «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Prezident tomonidan imzolangan qonunda belgilangan.

Shu bilan birga, mahkum ayollarning voyaga yetmagan farzandlari bilan uchrashuvlarining alohida tartibi belgilandi.

Jumladan, mahkum ayollarga voyaga yetmagan bolalari bilan bir yil ichida 4 marta muddati 5 sutkagacha bo‘lgan uzoq muddatli uchrashuv, shuningdek, manzil-koloniyalarda saqlanayotganlarga esa muassasa hududidan tashqarida yashash imkoniyati bilan uzoq muddatli uchrashuvlar cheklanmagan miqdorda beriladi.

Shuningdek, mahkumlarning jazo o‘tashi davrida adolatli mezonlar asosida rag‘batlantirish choralarini qo‘llash tartibi hamda rag‘batlantirish choralarini qo‘llash komissiyasining ish faoliyati va ularning aniq vazifalari belgilandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Mutaxassis Toshkent havosini ifloslantiruvchi asosiy manbalar nima ekanini aytib o‘tdi 23 apr, 21:21 228
  • Bayonot: radar bo‘yicha yangilik noto‘g‘ri talqin qilinmoqda 23 apr, 20:38 138
  • Boysundagi ayanchli YTHda ayollar va bolalar halok bo‘ldi 23 apr, 20:18 216
  • Sudya iqrori: “Nikohni bekor qilish ishi odamni bezdiradi, ammo hayotning haqiqatlari oldida jimman” 23 apr, 19:33 125
  • Farg‘onada alimentdan qochgan ota quduqdan topildi 23 apr, 19:14 110
  • Andijonda bolalar aravachasiga yashirilgan minglab qo‘rg‘oshin o‘qlari to‘xtatib qolindi 23 apr, 18:32 139
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya mudofaa vazirining pora olgani aytilayotgan o‘rinbosari aslida kim? 24 apr, 08:40 0
  • Ogohlantirishning yangi rangli shkalasi taqdim etildi 24 apr, 08:13 0
  • Rossiya mudofaa vazirining o‘rinbosari hibsga olindi 24 apr, 07:50 1
  • Organizmda tromb hosil bo‘lganining 10 ta belgisi 24 apr, 07:22 4
  • Ibrohimxalil Yo‘ldoshev: “Biz raqib tanlamaymiz” 24 apr, 07:02 21
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 8
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 23
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 73
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 180
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 385
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 118
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 124
  • Bo‘limlar