“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 07:08
ЎЗO‘Z

JSST Xitoyga COVID-19 sabablarini o‘rganish uchun mutaxassislar yuboradi

01 iyul, 13:14 3 368 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
JSST Xitoyga COVID-19 sabablarini o‘rganish uchun mutaxassislar yuboradi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kelgusi hafta COVID-19 koronavirusining kelib chiqishi bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun XXRga bir guruh mutaxassislarni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tashkilotning bosh direktori Tedros Gebreyesus ma’lum qildi.

"Biz bu virus haqda hamma narsani, jumladan qanday tarqala boshlaganini bilganimizdan so‘ng, u bilan qanday kurashishni yaxshiroq bilamiz va kelgusi hafta Xitoyga ish olib borish uchun o‘z guruhimizni yuboramiz", dedi janob Gebreyesus 29 iyun kuni bo‘lib o‘tgan brifingda. Ushbu ish kelajakda shunga o‘xshash hodisalarga tayyorgarlik ko‘rish uchun nima qilish kerakligini tushunishga yordam beradi, deya qo‘shimcha qildi u.


JSST rahbari shuningdek, koronavirus pandemiyasining tezlashganini ma’lum qildi. Xitoyda COVID-19 ning birinchi tarqalishi aniqlanganidan olti oy o‘tgach, dunyoda bu kasallikka chalinganlar soni 10 millionga etdi, vafot etganlar soni 500 mingni tashkil qildi. "Biz barchamiz buni tugashini xohlaymiz, ammo shafqatsiz haqiqat shuki, biz hali intihoning yaqiniga ham kelmadik”, - dedi Gebreyesus.

Bir necha davlat rasmiylari ilgari SARS-CoV-2 virusining (COVID-19 ning qo‘zg‘atuvchisi) rasmiy Xitoy tomonidan taqdim etilgan versiyasidan shubhalanishgan. JSSTning koronavirus bilan bog‘liq harakatlari AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan tanqid qilindi. Uning fikricha, Xitoy infeksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirgan va JSSTni Xitoy qo‘lida qo‘g‘irchoq deb atagan. Tramp, Xitoy dunyoda ataylab COVID-19'ni tarqatishi mumkinligini ham istisno qilmadi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin koronavirusni "kimdir yaratgan" deyishga asos yo‘q, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus infeksiyasining birinchi holati Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan. Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, XXRdagi pandemiya paytida 84 mingdan ortiq holatlar aniqlangan, 4,6 mingdan ko‘proq odam vafot etgan, 79 mingdan ortiq odam tuzalib ketgan. Iyun oyi boshida Pekin Xitoydagi COVID-19 pandemiyasining yangi o‘chog‘iga aylandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 0
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 1
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 144
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 174
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 242
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 134
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 0
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 1
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 2
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 144
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 174
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 242
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 307
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 108
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 134
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 168
  • Sensatsiya! U23 Osiyo Kubogi 2-turida Indoneziya Avstraliyani mag‘lubiyatga uchratdi 18 apr, 21:49 248
  • Markaziy Osiyo davlatlari 2024 yil yozi uchun Amudaryo va Sirdaryo suvini taqsimlab oldi 18 apr, 21:45 213
  • Bo‘limlar