“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 13 2020, 03:08
ЎЗO‘Z

Moliya instituti rektori o‘zgardi

30 iyun, 19:24 1 207 O‘zbekiston
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Moliya instituti rektori o‘zgardi Toshkent Moliya instituti rektori Ulug‘bek Azizov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, uning o‘rniga shu vaqtgacha prorektor lavozimida ishlab kelgan Sultonali Mehmonov institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirinining buyrug‘iga ko‘ra Mehmonov Sultonali Umaraliyevich - Toshkent moliya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga institut rektori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi», deyiladi institut matbuot xizmati tomonidan Kun.uz’ga berilgan ma’lumotda.

Sultonali Mehmonov 1974 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

1996-2006 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida rektor yordamchisi, kafedra assistenti, dotsenti, bosh xisobchi, fakultet dekani o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2006-2017 yillarda Toshkent moliya institutida kafedra dotsenti, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

U 2017-2018 yillarda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori o‘rinbosari (o‘rindoshlik asosida Toshkent moliya instituti kafedra professori) lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2018-2019 yillarda Toshkent moliya instituti kafedra professori lavozimida ishlagan.

2019 yil oktabridan buyon Toshkent moliya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

2018 yil sentabridan buyon oliy ta’lim muassasasiga rahbarlik qilib kelgan Ulug‘bek Azizov hozirda qaysi ishga o‘tgani haqida ma’lum qilinmadi.




 Добавление комментария


Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Mavzuga oid yangiliklar
  • Komil Allamjonov O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi — Prezident Ijro apparati boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi 02 dek, 17:37
  • Toshkent kimyo-texnologiya institutiga yangi rektor tayinlandi 12 iyun, 23:46
  • Vazirning birinchi o‘rinbosari: «Oliy o‘quv yurtlarida bunkerlar bo‘lmaydi» 07 iyun, 18:01
  • Markaziy bank raisiga o‘rinbosar tayinlandi 18 apr, 22:21
  • Rustam Azimov Moliya vazirligidan ketdi 15 dek, 12:45
  • Toshkent axborot texnologiyalari universitetida rektor o‘zgardi 28 sen, 00:07
  • So'nggi yangiliklar
  • Bugun Toshkentda aholi orasida 240ta yangi holat aniqlandi 13 iyul, 00:43 125
  • 30 kishilik to‘y taassurotlari: yangi kelin olgan oila xonadoniga tashrif 13 iyul, 00:23 157
  • Ulug‘bek Baqoyev: "Futbolchilarimga ajoyib o‘yin uchun rahmat aytaman" 13 iyul, 00:18 138
  • Andrey Shipilov: "Raqibga hech qanday imkoniyat qoldirmadik" 13 iyul, 00:16 102
  • Ravshan Haydarov: “Uy o‘yinlarini o‘z maydonimizda o‘tkazishni istagandik. Lekin...” 13 iyul, 00:13 114
  • Superliga. "Metallurg" o‘z maydonida "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi 13 iyul, 00:09 102
  • Superliga. "Surxon" Andijonda g‘alabaga erishdi 13 iyul, 00:05 113
  • Koronavirusga chalingan bemorni uyda davolash va undan virus yuqtirib olmaslik bo‘yicha qanday ko‘rsatmalar mavjud? 12 iyul, 23:53 191
  • 1:8: “Energetik-BGU”ni Yaxshiboyev ushlab turgan ekanmi? Jasursiz jamoa sharmanda bo‘ldi 12 iyul, 23:48 220
  • Armaniston va Ozarboyjon chegarasida qurolli to‘qnashuv yuz berdi 12 iyul, 23:30 364
  • Tashqi ishlar vazirligi «G‘isht ko‘prik» chegara posti yaqinida 3 mingdan ziyod o‘zbekistonlikning to‘planganini tasdiqladi 12 iyul, 23:10 346
  • Markaziy Osiyo, baxtlilar va baxtiyorlar 12 iyul, 22:46 354
  • Bo‘limlar