“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 13:49
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilmoqda

30 iyun, 12:25 4 795 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda karantin choralari kuchaytirilmoqda O‘zbekistonda karantin choralari yana kuchaytirilmoqda. Mamlakatda epidemiologik vaziyat yomonlashgani hisobga olinib, Respublika maxsus komissiyasi tegishli qarorlarni qabul qildi.

Unga ko‘ra, 1 iyul kunidan respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shug‘ullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi.

«Qizil» va «sariq» hududlarda soat 07:00dan 23:00ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish hamda 23:00dan 07:00ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanadi.

Bunda faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi.

Mazkur talablarni buzgan shaxslarga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanadi.
Shuningdek, «qizil» va «sariq» hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.
O‘zbekiston, karantin




Mavzuga oid yangiliklar
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 0
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 1
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Xorazmda o‘z tanishini uyiga chaqirib, o‘ldirgan ayol qamoqqa olindi 22 apr, 23:59 363
  • AQSH Toshkent shahri bo‘ylab havo sifatini monitoring qiladigan sensorlar o‘rnatadi 22 apr, 22:30 32
  • So'nggi yangiliklar
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 0
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 0
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 0
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 3
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 5
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 39
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 23
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 35
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 54
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 108
  • Eron rahbari Raisiy muzokara o‘tkazish uchun Pokistonga keldi 23 apr, 09:16 55
  • Kim Chen Inga atalgan qo‘shiq (video) 23 apr, 08:56 109
  • Bo‘limlar