“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:32
ЎЗO‘Z

Ozodbek Nazarbekov Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan mukofotlandi

30 iyun, 00:39 3 638 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozodbek Nazarbekov Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan mukofotlandi Madaniyat vazirligi
Bugun Tashkent City saylgohining amfiteatrida Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi san’at va madaniyat sohasi vakillarining onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovni Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlanishi to‘g‘risidagi Farmoni e’lon qilindi va rasmiy tarzda masofadan topshirildi.

Turkmanistonning ushbu yuksak unvoni bilan Ozodbek Nazarbekov ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik, yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi, shuningdek, qo‘shiq va musiqa san’atini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun taqdirlandi.

Eslatib o‘tamiz, Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov davrida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston xalq artisti, Qoraqalpog‘iston xalq artisti unvonlari bilan taqdirlangan.

O‘z o‘rnida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkmaniston davlat rahbariga chuqur minnatdorchiligini bildirib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda san’at va madaniyatning roli nechog‘li muhim ekanini ta’kidladi.

«Ikki davlat do‘stlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida kamtarona qilgan mehnatimiz yuqori darajada baholanganligi uchun Hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich, Sizga, qardosh turkman xalqiga chin ko‘ngildan minnatdorchilik bildiraman. Ushbu faxriy unvonning berilishi xalqlarimiz o‘rtasida madaniyat sohasidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lida shijoat bilan mehnat qilishimizga kuch beradi», — dedi O.Nazarbekov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 132
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 236
  • Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi 17 apr, 16:38 80
  • Kino sohasida ham muvaffaqiyatga erishgan jahonga mashhur xonandalar 15 apr, 22:22 141
  • Jenisbek Piyazov oliy ta’lim vaziriga maslahatchi etib tayinlandi 15 apr, 15:39 91
  • Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi? 15 apr, 09:09 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa ligasi. "Milan" va "Liverpul" musobaqani tark etdi, "Bayer" va "Roma" esa yarim finalda! 19 apr, 07:48 6
  • Shirinliklar yuz terisiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 19 apr, 07:30 12
  • Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi 19 apr, 07:00 84
  • Zelenskiyga ehtimoliy suiqasdning tafsilotlari oshkor bo‘ldi 19 apr, 06:30 153
  • Jasur Jaloliddinov: "Olimpiada yo‘llanmasi beriladigan musobaqada qanday holatda bo‘lishimizga qaramay, natija ko‘rsatishimiz kerak" 19 apr, 06:00 41
  • Geosiyosiy ziddiyatlar: O‘zbekiston pozitsiyasi qanday bo‘lishi kerak? 19 apr, 00:12 192
  • Germaniyada ikki nafar rus josusi qo‘lga olindi 18 apr, 23:50 211
  • Rossiyaning "qashshoqlashayotgan" milliarderlari 18 apr, 23:30 322
  • Sharmandali mag‘lubiyatdan keyin “Barsa” o‘yinchilari o‘rtasida ziddiyat kelib chiqdi 18 apr, 23:12 394
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 131
  • Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi 18 apr, 22:30 190
  • Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi 18 apr, 22:11 198
  • Bo‘limlar