“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 16:34
ЎЗO‘Z

Birja savdolarida sement narxi tushishni boshladi

29 iyun, 21:45 5 005 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Birja savdolarida sement narxi tushishni boshladi Joriy yilning so‘nggi oylarida birjaning sement bozorida talabning sezilarli darajada o‘sishi natijasida narxlarning oshishi holatlari kuzatilayotgan edi.

Xususan, 2020 yilning yanvar-iyun oylarida birjada barcha markali sementning o‘rtacha narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 499,0 ming so‘mdan 792,0 ming so‘mgacha, ya’ni 59 foizga o‘sdi. Narxlarning o‘sishi asosan joriy yilning may–iyun oylariga, ya’ni qurilish mavsumining boshlanish davrlariga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘tgan davrda birja savdolariga jami 4075,0 ming tonna sement qo‘yilgan bo‘lib, ulardan 4044,0 ming tonnasi, ya’ni 99,3 foizi sotildi. Bunda, respublikamizda faoliyat yuritayotgan 28 ta sement ishlab chiqaruvchi korxonalaridan 16 tasi o‘z mahsulotlarini birja savdolari orqali realizatsiya qilgan.

Sementga bo‘lgan talab va narxlarning oshishiga karantin talablarining bosqichma-bosqich yumshatilishi orqali xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda amalga oshirilayotgan qurilish ishlarining faollashuvi va jadallashuvi, sotuvchi korxonalar tomonidan birja savdolariga qo‘yilayotgan sement hajmlarining o‘rtacha 25 foizga pasaytirilganligi hamda sement mahsuloti importi hajmlarining o‘tgan yilning mos davriga nisbatan deyarli 3 barobarga kamayganligi sabab bo‘ldi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda, sement bo‘yicha birja savdolarida ishtirok etgan xaridorlarning soni ham sezilarli darajada o‘sdi. Xususan, joriy yilning yanvar oyida birja savdolarida sementni xarid qilish uchun bir kunda o‘rtacha 326 ta korxona ishtirok etgan bo‘lsa, iyun oyiga kelib ularning soni 692 tani, ya’ni o‘sish 2,1 barobarni tashkil etdi.

Birjaning sement bozorida talab va taklifning mutanosibligi hamda sement narxlarining barqarorligini bozor iqtisodiyotiga xos vositalaridan foydalangan holda ta’minlash maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi va sement sotuvchi korxonalar vakillaridan tashkil topgan Ishchi guruhi tuzildi.

Ishchi guruh tomonidan sement bozorini chuqur o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tahliliy ishlarning natijalari asosida sement bozorida muvozanatni tiklash bo‘yicha quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:

1. Birja savdolarida sotilayotgan sement hajmlarini xaridorlar o‘rtasida nisbatan tezroq va samaraliroq taqsimlanishga qo‘maklashish uchun zarur choralarni qo‘llash va qulay sharoitlarni yaratib berish, shu jumladan birjadan sotib olingan sementni zavodlarda yuklash muddatlarini qisqartirish. Buning natijasida sement mahsulotini son jihatidan yanada ko‘proq iste’molchilarga yetib borilishi ta’minlanadi.

2. Sement bozorida taklif darajasini ko‘tarish maqsadida yil yakuniga qadar umumiy quvvati 4,9 mln tonnaga teng 6 ta yangi sement ishlab chiqarish zavodlarini ishga tushirish evaziga respublikamizda mavjud quvvatlarni 20,0 mln tonnaga yetkazish. Ta’kidlash joizki, joriy yilning 10 iyulidan boshlab birja savdolariga qo‘yilayotgan sement hajmi ishga tushirilishi rejalashtirilayotgan 2 ta zavod hisobiga kunlik qo‘shimcha 3500 tonnaga oshadi.

3. Birja savdolariga kunlik 40,0 ming tonnadan kam bo‘lmagan miqdorda sement mahsulotini sotuvchi korxonalar tomonidan bir maromda qo‘yilishi ta’minlanadi.

4. Sement uchun oldindan to‘lovlarini amalga oshirish va narxlar o‘zgaruvchanligidan himoya qilish imkonini beruvchi bir oydan ortiq muddatga kechiktirgan holda yetkazib berish sharti bilan «forvard» shartnomalari asosida birja savdolari o‘tkaziladi. «Forvard» savdolari bir tomondan kelajakda yetkaziladigan sement uchun narxlarni oldingan belgilab olish, ikkinchi tomondan mahsulot uchun to‘lovlarni bozor qiymatlarida oldindan olish imkonini beradi.

Ishchi guruhi tomonidan ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida joriy yilning 29 iyun kuni Birja savdolarida sementning o‘rtacha sotilish narxi 1 kg uchun 792 so‘mdan 754 so‘mga yoki 5 foizga pasaydi.

Ishchi guruhi tomonidan Birja savdolariga mahsulot qo‘yilishi va narxlarning asossiz oshib ketmasligi bo‘yicha doimiy monitoring olib boriladi va zaruratga ko‘ra sement bozorida shakllanib borayotgan kon’yunkturadan kelib chiqqan holda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha boshqa qo‘shimcha chora-tadbirlar ham qo‘llanilishi mumkin.

«O‘zRTXB» AJ PR bo‘limi




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 20 apr, 10:27 20
  • Toshkentda xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi 20 apr, 08:26 22
  • Ziroat Mirziyoyeva Farg‘onada maktab-internat o‘quvchilari bilan uchrashdi 19 apr, 20:36 90
  • Mijozning sochini uning xohishiga zid tarzda kalga olib tashlagan sartarosh 10 sutkaga qamaldi 19 apr, 20:29 299
  • Toshkentda bolalarning qo‘liga igna va “samorez” sanchgan o‘qituvchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi 19 apr, 16:48 106
  • So'nggi yangiliklar
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 2
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 17
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 44
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 52
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 41
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 46
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 85
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 32
  • «Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi 20 apr, 11:45 506
  • Isroilning Eronga hujumi oqibatlari haqida ma’lumot berildi 20 apr, 11:21 250
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 57
  • Bo‘limlar