“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 10:17
ЎЗO‘Z

Ozoda Nursaidova 13 yillik «zapret»ga yulduzlik kasali sabab bo‘lgani haqida gapirdi

28 iyun, 16:03 6 097 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ozoda Nursaidova 13 yillik «zapret»ga yulduzlik kasali sabab bo‘lgani haqida gapirdi Foto: Madaniyat vazirligi axborot xizmati
Ozoda Nursaidova san’atkorlardagi yulduzlik kasali, manmanlik kabi illatlar qalbni zaharlab, oxir-oqibat ularning nazardan qolishiga sabab bo‘lishini kech anglab yetgani haqida gapirdi. Xonanda bilan intervyu madaniyat vazirligi saytida e’lon qilindi.

«Taqdiriga san’atkor bo‘lish qismati bitilgan inson borki, uning mashaqqat-u, sinovlariga bardosh berishga, bu yo‘lda fidokorlikka tayyor turadi. Aks holda san’at yo‘llarida uchraydigan yulduzlik kasali, manmanlik, o‘ziga bino qo‘yish, o‘zgalarni nazar-pisand qilmaslik illatlari qalbni zaharlaydi, oxir-oqibatda nazardan qoladi. Tan olaman, buni men kechroq anglab yetdim, bir muddat muxlislarim ishonchini qozonish armonga aylanib qolgan edi. Shukrki, hayotda yiqilganni turgizib, qoqilganni suyaydigan oliyjanob insonlar bor! Muhtaram Prezidentimizning kechirimliligi, bag‘rikengligi tufayli yana o‘z yo‘limni topish, Vatanim, xalqim mehrini qozonish imkoniyatiga ega bo‘ldim.

San’atkor uchun o‘z yurti ardog‘idan ortiq baxt yo‘q aslida. Qo‘shiqlarimni sevib tinglaydigan muxlislarim qarshisiga yorug‘ yuz bilan chiqish nasib etganiga shukr», — deydi xonanda.

Xonanda maqom san’atiga mehri bo‘lakcha ekanligini ta’kidladi:

«To‘g‘ri, estrada yo‘nalishidagi ijrolarim ko‘p. Ammo maqom mening jon-u dilim. Bolaligimdan Rasul qori Mamadaliyev ijrosidagi maqomlarni sevib tinglardim. O‘zbek milliy qo‘shiqchiligining asosi maqomchilikda. Chunki mumtoz qo‘shiqlarning jilosi, beqiyos ta’siri inson hissiyotlarini tarbiyalaydi, ijro usullari ham o‘ziga xos murakkab. Shuning uchun ham maqomni maromiga yetkazib ijro etgan san’atkorning mahoratiga hech kim da’vo qilolmaydi. Qo‘pol qilib aytganda o‘g‘irlash, o‘zlashtirish degan tushunchalar maqom uchun begona.

Faqat uni bilar-bilmas aytadigan xonandalar hofiz deya hurmat qilishlariga munosib bo‘lolmaydi. Konservatoriyada o‘qish jarayonida ustozlarim: Fattohxon Mamadaliyev, Foziljon Mamatqulov, Orifxon Xotamovlardan maqom sirlarini qunt bilan o‘rganganman. Ularning e’tirofi, olqishlari menga go‘yoki qanot bag‘ishlardi. Shu paytlarda hofizmi, xonandami, avvalo, ijroni qoyillatib qo‘yishi kerak deb o‘ylardim. Shu mening xatom bo‘lgan. Tan olaman. Axir san’atkor uchun eng zaruri odob-axloq, madaniyatlilik. Orada o‘tgan 13 yillik muddat men uchun juda katta hayot maktabini o‘tadi. Hozirgi kunlarni, o‘z yurtimning sahnasini sog‘inganim bor gap... Shunday mahzun yillarda meni asragan narsa san’atga, yaqinlarimga bo‘lgan mehrim bo‘ldi.

Qolaversa, maqom ashulalarini tinglab, kuylab taskin topardim. Mana endi erkin ijod, dildan kuylash, muxlislarim olqishlari, samimiy nigohlariga guvoh bo‘lish baxtiga egaman. Men maqom maktabini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarda faol qatnashishni burchim, vazifam deb bilaman. O‘z ijromdagi maqom qo‘shiqlaridan albom yaratishni niyat qilganman. To‘g‘risini aytsam, ijro etgan qo‘shiqlarimning deyarli hammasiga o‘zim kuy bastalaganman.

Hatto 13 yillik tanaffusda ham bekor o‘tirmadim. Bir qator xorij davlatlari: Arabiston, Qirg‘iziston, Turkiya, isroillik ijodkorlar bilan hamkorlikda ishladik. Ularning ko‘pgina qo‘shiqlariga kuy bastalab berganman».
Ozoda Nursaidova, zapret, yulduzlik kasali




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 534
  • Ozodbek Nazarbekov: “Uchta tirrancha buyuk san’atkorni loyga bulg‘ayapti” 24 apr, 17:00 344
  • Jahongir Otajonovdan o‘zgacha klip: Bu «ijod»lardan maqsad nima? 24 apr, 16:35 434
  • “O‘tkan kunlar” romani ilk bor arab tilida nashr etildi 24 apr, 06:35 31
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 125
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi 26 apr, 09:51 4
  • Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi 26 apr, 08:33 12
  • Faollar Toshkentda yana ikkita bog‘ investorga berilganidan norozi bo‘lishmoqda 26 apr, 08:03 33
  • “Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi 26 apr, 07:35 40
  • Buxoroda 4 dona qadimiy tangani xorijga olib chiqmoqchi bo‘lganlar aniqlandi 26 apr, 07:11 25
  • O‘zbek telekanallarida har shanba «Milliy kino kuni» o‘tkaziladi 26 apr, 06:46 17
  • Toshkentda odam o‘ldirishda gumonlangan shaxsni ushlashda yordamlashgan talaba yigit taqdirlandi 26 apr, 06:20 98
  • O‘zbekiston Saudiya to‘sig‘idan o‘tsa, yarim finalda qaysi terma jamoaga duch keladi? 26 apr, 05:55 235
  • U-23 Osiyo kubogi. Indoneziya Janubiy Koreyani yengib, yarim finalga yo‘l oldi! 26 apr, 05:43 125
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 247
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 118
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 41
  • Bo‘limlar