“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 20:25
ЎЗO‘Z

Aktrisa Gulchehra Eshonqulova turk filmlarida suratga tushish orzusi va oilasi uchun karerasidan voz kechgani haqida gapirdi

25 iyun, 13:11 7 960 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Aktrisa Gulchehra Eshonqulova turk filmlarida suratga tushish orzusi va oilasi uchun karerasidan voz kechgani haqida gapirdi Foto: Instagram / @sharofsharapov
Ayrim muxlislar aktrisaning kinoga qaytishini istagan bo‘lsa, boshqalar endilikda oila va farzandlarga e’tibor berish kerakligini yozib qoldirdi. Gulchehra Eshonqulova muxlislarining fikrlari uchun minnatdorchilik bildirib, bu borada o‘zining fikri qanday ekanligini yozdi.

«Hamma fikr bildirganlarga katta rahmat, ko‘nglimdagi javoblarni o‘qidim. O‘zimning ham fikrim siznikidan mustasno emas. Hayotim nima sababdan tubdan o‘zgarib ketgani va kareramdan nima sababdan voz kechganimga sabablarim ko‘p, shundan boshlamoqchiman.

Ollohim menga sinovni tanlash orqali berdi. Nimaiki bo‘lsa, hammasi insonning niyatiga qarab bo‘larkan. Bunga hayotimda shu 5-6 yil ichidagi bo‘lgan tubdan o‘zgarishlar isbot bo‘ldi.

Foto: Instagram / @sharofsharapov
2014 yil Turkiyada 45 davlat qatnashgan qurultoyda ishtirok etishimdan maqsad — O‘zbekiston nomidan aktrisa sifatida teatrdagi, kinodagi tajribam bilan o‘zbek aktrisalari ham kuchli mahoratga ega ekanligini ko‘rsatish edi. Maqsadimga erishdim juda yaxshi taassurotlar bilan ularning mehrini qozondim va shu sabab menda Turkiyada ijodimni davom ettirish orzusi paydo bo‘ldi va buni o‘zimga maqsad qilib qo‘ydim. Bu mening dilimga bog‘lab qo‘ygan niyatim edi. O‘zbekistonga qaytishdan oldin niyat qilgan Istanbulning «Sulton Ahmad» masjidini ziyorat qildim.

Dunyodan millionlab odamlar ziyorat qilish bilan birga qo‘llarini ochib Olloh dargohida duo qiladilar, shu qatorida men ham qo‘llarimni ochib duo qildim, baxt so‘radim. Dilimdagi orzumni emas, oilaviy baxtni so‘radim. 2015 yili dilimdagi orzum — o‘qishga kirish edi. O‘sha yilda Istanbul universitetining radio, TV va kino fakultetining aspiranturasiga o‘qishga kirdim va shu bilan birga o‘sha yili turmush o‘rtog‘imni uchratdim.

Foto: Instagram / @sharofsharapov
Dilimdagini ham, qo‘l ochib duo qilib so‘raganimni ham Xudoyim menga berdi. 2014 yili «Sulton Ahmad» masjidiga o‘zim kirib borgan bo‘lsam, 2016 yilda shu masjidda turmush o‘rtog‘im va tug‘ilgan 7 kunlik farzandimiz bilan keldik, shu masjidda qulog‘iga azon ayttirdik. Bu menga Ollohimning bergan mukofoti edi, behisob shukrlar bo‘lsin.

Foto: Instagram / @sharofsharapov
Daraxtdagi barg ham Ollohning izni bilan yerga tushar ekan. Mukofot bilan birga sinov qilib tanlashni ham Xudoyim menga qo‘yib berdi. Bir tomonda kelajakdagi Turkiyadagi kareram bo‘lsa, ikkinchi tomonda oilam, tug‘ilgan farzandimizning tarbiyasi edi. Oilamni tanladim. Ollohimga behisob shukrlar bo‘lsin, hozirga qadar har bir kunim mukofot bilan to‘la», — deb yozadi Gulchehra Eshonqulova.
[media=https://www.instagram.com/p/CAwjCHCHist/?utm_source=ig_embed]

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 154
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 79
  • Samarqandda Sharja amirligining arxeologik topilmalari ko‘rgazmasi ochildi 20 apr, 09:36 31
  • O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari konsert tomosha qildilar 18 apr, 22:53 230
  • Og‘abek Sobirov, Munojat Yo‘lchiyeva, Ozodbek Nazarbekov va Yulduz Usmonova «Tojikiston xalq hofizi» bo‘ldi 18 apr, 21:20 313
  • Ozodbek Nazarbekovning “Mendirman” klipi AQSHda o‘tkazilgan kinofestivalda e’tirof etildi 17 apr, 16:38 84
  • So'nggi yangiliklar
  • “Chiqish yo‘q”: NATOning sobiq maslahatchisi G‘arbning Ukraina bo‘yicha vahimasi haqida gapirdi 20 apr, 19:38 13
  • Ijara haqi 1 million dollarlik villa: Telegram asoschisi Pavel Durov qayerda yashaydi? 20 apr, 19:09 34
  • O‘zbekistonda kelasi hafta boshida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 20 apr, 18:40 50
  • Doimiy quloq bitishi va bosh og‘rig‘i nimadan dalolat beradi? 20 apr, 18:13 22
  • Dilshod Rahmatov: «O‘yindan o‘yinga kuchayib boramiz. Maqsadimiz – chempionlik!» 20 apr, 18:00 22
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 69
  • Rossiya tanklari dronga qarshi yangi himoya bilan jihozlana boshladi (video) 20 apr, 17:20 129
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 210
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 57
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 86
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 154
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 212
  • Bo‘limlar