“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 16:28
ЎЗO‘Z

Atigi 130 dollarga 7 dyuymlik ekran, 6000 mA/soatlik akkumulatorga ega smartfon sotila boshlandi

23 iyun, 23:24 3 251 Texnologiya
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Atigi 130 dollarga 7 dyuymlik ekran, 6000 mA/soatlik akkumulatorga ega smartfon sotila boshlandi Tecno kompaniyasi bugun – 23 iyundan o‘zining yangi Spark Power 2 smartfonini sotuvga chiqarmoqda. Hindistonda savdosi boshlanishida uni atigi 130 dollarga teng narxda olish mumkin. Bu haqda «Terabayt» xabar bermoqda.

Tecno Spark Power 2 diagonaliga 7 dyuymlik, HD+ formatidagi displeyga ega va u korpus old yuzasining 90,6% qismini egallaydi. Smartfonning apparat ta’minoti asosini MediaTek Helio P22 protsessori egallaydi, unga 4 gigabaytlik tezkor xotira hamrohlik qiladi. Smartfonning ichki xotirasi 64 gigabaytlik bo‘lib, yana MicroSD formatli xotira kartasi uchun sloti ham bor.

Ishlab chiqaruvchi bu smartfonini HiOS grafik qobig‘i ostidagi Android 10 operatsion tizim talqini bilan ta’minlagan. Tecno Spark Power 2 kvadrokamerasi 16, 5, 2 va 2 megapiksellik modullardan iborat. Smartfon selfisevarlarga ham ma’qul keladi: old kamera 16 megapiksellik datchikdan tashqari LED-chaqnoqni ham o‘z ichiga olgan.

Spark Power 2 afzalliklaridan yana biri baland ovozli ikkita stereodinamikdir. Smartfon barmoq izi skaneridan tashqari, egasini yuzidan tanib tizimni qulfdan chiqarish funksiyasiga ham ega. Uning 6000 mA/soatlik akkumulatori esa 18 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Batareyaning noldan boshlab 50 foizgacha to‘lishi uchun bir soat kifoya qiladi.

Afsuski, Tecno Spark Power 2 smartfonining Hindistondan boshqa mamlakatlar bozorlariga chiqishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Manba: Xabar.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 49
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 47
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 87
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 120
  • Xitoyda eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi 27 apr, 12:15 161
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 304
  • So'nggi yangiliklar
  • “Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi? 08 мая, 15:49 4
  • Rossiya yana bir bor Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi 08 мая, 15:23 80
  • Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi 08 мая, 15:00 18
  • Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi 08 мая, 14:36 96
  • London: 9 mingga yaqin chechen Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda 08 мая, 14:30 158
  • Dunyodagi eng ko‘p millionerlar yashaydigan shaharlar e’lon qilindi 08 мая, 13:37 72
  • OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda 08 мая, 13:09 243
  • Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi 08 мая, 12:50 285
  • Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto) 08 мая, 12:22 181
  • Hindiston aeroportida ikki nafar o‘zbekistonlik 5 kilo oltin bilan ushlandi 08 мая, 12:00 84
  • BMT Isroilni xalqaro huquqning barcha normalarini buzganlikda aybladi 08 мая, 11:35 44
  • Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi 08 мая, 11:16 297
  • Bo‘limlar