“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 15:57
ЎЗO‘Z

Sergeli hududida tashkil qilinayotgan poytaxtning Yangi hayot tumani tarkibiga qaysi mahallalar kirishi ma’lum qilindi

23 iyun, 09:00 3 640 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sergeli hududida tashkil qilinayotgan poytaxtning Yangi hayot tumani tarkibiga qaysi mahallalar kirishi ma’lum qilindi Foto: Prezident matbuot xizmati
Toshkentning Sergeli tumani hududidagi 13 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini to‘liq hamda 6 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududining bir qismi yangi tashkil etilayotgan Yangi hayot tumani tarkibiga o‘tkaziladi. Bu haqdagi tegishli hokim qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Al-Farg‘oniy nomidagi mahalla, «Viqor», «Chorbog‘», «Yorqin hayot», «Yo‘ldosh», «Charog‘on», «Do‘stlik», «Navqiron», «Olchazor», «Tashabbus», «Yangi umid», «Yangi Choshtepa», «Xumo» mahallalari to‘liq holda yangi tuman hududiga o‘tkaziladi.

«Daryo bo‘yi», «Qipchoq», «Sofdil», «Past darxon», «Jo‘nariq», «Choshtepa» mahallalari hududining bir qismi yangi tumanga qo‘shilmoqda. Sergeli tumani hududida 47 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni Toshkentning Sergeli tumanida barpo etilgan yangi turar joy mavzesiga tashrifi chog‘ida «Choshtepa» va «Qipchoq» mavzelari negizida poytaxt hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunadigan alohida — Yangi hayot kichik tumanini tashkil etishni taklif qilgan.

Shuningdek, davlat rahbari mazkur tumanga hokim sifatida Toshkent shahar hokimligida kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari Hayot Inog‘omov nomzodini taklif etgandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 0
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 9
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 13
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 21
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 16
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 70
  • So'nggi yangiliklar
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 0
  • Soliq qo‘mitasi qancha ayol taksichilik bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi 23 apr, 14:14 0
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 9
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 13
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 129
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 21
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 16
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 22
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 18
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 130
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 70
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 74
  • Bo‘limlar