“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 29 2024, 00:36
ЎЗO‘Z

«Kavkaz asirasi» filmi yulduzi Natalya Varley 73 yoshga to‘ldi (foto)

22 iyun, 15:00 9 524 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Kavkaz asirasi» filmi yulduzi Natalya Varley 73 yoshga to‘ldi (foto) Foto: Getty Images
«Kavkaz asirasi» filmidagi Nina obrazi bilan yaxshi tanish bo‘lgan Natalya Varley 22 iyun kuni 73 yoshni qarshiladi.
Natalya 1947 yilda, Ruminiyaning Konstansa shahrida dunyoga kelgan. Bolaligidan ijodga qiziqqan bo‘lajak aktrisa, she’r yozish, surat chizish musiqa hamda akrobatika bilan shug‘ullangan. Maktabni bitirganidan keyin, Moskva sirk va estrada san’ati bilim yurtiga qabul qilingan.

Foto: Getty Images
U aktrisalik faoliyatini 1966 yilda filmlarda epizodik rollarni ijro qilishdan boshlagan. Haqiqiy omad esa 1967 yilda suratga olingan va hali hanuz muxlislar uchun sevimli bo‘lgan «Kavkaz asirasi» filmidan keyin kulib boqqan. Film rejissyori Leonid Gayday Varleyda «haqiqiy komsomol» timsolini ko‘rgan.

Foto: Getty Images
Ilk muvaffaqiyatidan keyin aktrisa to‘xtab qolmagan. Shukin nomidagi teatr bilim yurtiga keyin bo‘lsa Adabiyot institutida o‘qishni davom ettirgan.

Foto: Getty Images
Izlanuvchan aktrisa nafaqat yorqin rollarni ijro qilgan, balki o‘zi ijro qilgan qo‘shiqlar diskini chiqarish, bir qancha xorijiy filmlarga ovoz berish hamda ko‘rsatuvlarda boshlovchilik qilish va teatr fakultetida dars berishga ham muvaffaq bo‘lgan. Shularning o‘z bilan cheklanib qolmagan aktrisa o‘zining biografik «Dorboz» nomli kitobini ham taqdim qilishga ulgurgan.

Foto: Getty Images
U uchun muvaffaqiyat olib kelgan Nina obrazi xuddi aktrisa hayotidan olinganga o‘xshaydi. Chunki u darhaqiqat talaba, komsomol hamda sportchi bo‘lishni qoyillatgan.

Foto: «RIA Novosti»

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gomerning «Iliada» asari qadimgi cho‘kkan kemalarni topishda yordam berdi 27 mar, 13:05 141
  • «Hayrat» filmi Rossiya kinofestivalida taqdirlandi 26 mar, 22:49 167
  • G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto) 22 mar, 18:18 1 273
  • Erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film 21 mar, 11:10 74
  • Ravshan Komilov: “'X-faktor' ko‘rsatuvidan bir tiyin haq olganim yo‘q” 13 mar, 11:00 353
  • Ozodbek Nazarbekov: “Eng to‘g‘ri yo‘l – san’atkorlar daromadini majburiy deklaratsiyalash” 13 mar, 00:30 298
  • So'nggi yangiliklar
  • Zelenskiy: “Agar snaryadlar yetarli bo‘lmasa, Ukraina Rossiya hujumini qaytara olmaydi” 28 mar, 23:45 1
  • Meksikadagi matbuot anjumanida butun jamoa ishtirok etib, muxlislardan uzr so‘radi 28 mar, 23:27 5
  • Mijozlarni 1,8 mlrd dollarga aldagan kriptovalyuta birjasi asoschisi 25 yilga qamaldi 28 mar, 23:04 16
  • Futzal. O‘zbekiston ikkinchi o‘yinda Qirg‘iz Respublikasini mag‘lub etdi 28 mar, 22:56 10
  • Superliga. “Dinamo” “Metallurg” ustidan irodali g‘alabaga erishdi 28 mar, 22:51 19
  • Nima uchun olimlar ayollarga vaqti-vaqti bilan yig‘lab turishni tavsiya qiladi? 28 mar, 22:22 20
  • Kirill Budanov: “Rossiya o‘z hududida terakt tayyorlanayotganini kamida bir oy oldin bilgan” 28 mar, 21:56 137
  • Yakuni mavhum bo‘lib borayotgan Ukraina urushi: tarixiy bashorat va yechimlar 28 mar, 21:29 239
  • Jahon banki: O‘zbekiston iqtisodiyotidagi gender tenglik 700 ming odamni kambag‘allikdan olib chiqishi mumkin 28 mar, 21:02 17
  • Mirziyoyev Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni xalq hukumati raisi bilan uchrashdi 28 mar, 20:40 33
  • Qashqadaryo viloyatida sudya qo‘lga olindi 28 mar, 20:20 125
  • «Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi 28 mar, 20:00 449
  • Bo‘limlar