“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 26 2024, 02:17
ЎЗO‘Z

"Metallurg" bosh murabbiyi: "Andijon"ning o‘yinidan ko‘nglim to‘lmadi

21 iyun, 23:30 2 346 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
"Metallurg" bosh murabbiyi: "Andijon"ning o‘yinidan ko‘nglim to‘lmadi O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 5 turining so‘nggi kun bahslaridan o‘rin olgan «Andijon» va «Metallurg» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan keyin bekobodliklar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi:
«Katta tanaffusdan so‘ng yaxshi qaytishni amalga oshira oldik. Ikkala jamoa ham ajoyib o‘ynadi. Biroq ba’zi vaziyatlarda biz omadliroq chiqdik va aynan mana shu o‘yin taqdirini hal qildi. O‘yindan avval maydonda mashg‘ulot o‘tkazib olganimiz foyda berdi. Stadion maysasi juda o‘sib ketgan va shu sababdan to‘p hattoki 10 metrga borishi ham qiyin.

Birinchi taymda o‘zimiz xohlagan o‘yinni namoyish etdik. Ikkinchi bo‘limda esa, asosan, natijani saqlab qolishga harakat qildik. «Lokomotiv» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng muxlislarimiz bizdan yana kuchli o‘yin kutishlari tabiiy va biz ishonchni oqladik, deb o‘ylayman.

3 yildan buyon ushbu klubda faoliyat olib boraman. Buy il jamoamizda yaxshi futbolchilar jam bo‘lishgan. 3 yil avvalgi yosh yigitlar bugun tajribali futbolchiga aylangan.

Biz andijonliklarning «Buxoro» va «Mash’al»ga qarshi kechgan uchrashuvlarini ko‘rib chiqdik. Ammo bugungi o‘yin haqida «Andijon» murabbiyining o‘zi izoh bergani ma’qul.

Andijon menga begona shahar emas. Jamoa men uchun doim qiziq bo‘lib kelgan. Kichik simpatiyam nuqtayi nazaridan aytadigan bo‘lsam, bugungi o‘yinda andijonliklarning harakatidan qoniqmadim
», - deydi Shipilov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 19
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 136
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 101
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 103
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 183
  • Saad Al-Shehri: "Ushbu musobaqadagi tarkibimiz, ikki yil avval chempionlikni qo‘lga kiritgan tarkibimizdan kuchliroq" 25 apr, 19:12 153
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada iqtisodiyotni riovjlantirish uchun migrantlar zarurligi aytildi 26 apr, 00:22 60
  • Markaziy bank raisi oxirgi oylarda dollar kursi nisbatan tezroq oshganiga izoh berdi 26 apr, 00:22 42
  • Olimlar 15 daqiqada sun’iy olmos yetishtirish usulini ixtiro qildi 26 apr, 00:00 14
  • Eron futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekistonga qarshi eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz" 25 apr, 23:41 19
  • “Roma” o‘yini ochilib ketgan Shomurodovni qaytaradimi? 25 apr, 23:13 136
  • Ravshan Haydarov: Saudiya Arabistoniga “syurpriz”larimiz bor... 25 apr, 22:46 101
  • U-23 Osiyo kubogi. Qatar Olimpiada yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi, Yaponiya yarim finalda! 25 apr, 22:31 103
  • Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi 25 apr, 22:22 35
  • Fayzullayev Yevropaga qachon ketishi aytildi 25 apr, 21:56 183
  • Ukraina urushda ilk bor AQSHning uzoq masofali ballistik raketalaridan foydalandi 25 apr, 21:30 222
  • AQSHda G‘azodagi urushga qarshi namoyishda qatnashgan yuzlab talabalar hibsga olindi 25 apr, 21:09 67
  • G‘azodagi ommaviy qabrlardagi jasadlarning kamida 20 tasi tiriklay ko‘milgani ma’lum qilindi 25 apr, 20:47 154
  • Bo‘limlar