“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 24 2024, 06:52
ЎЗO‘Z

Saudiya Arabistonida komendantlik soati bekor qilinadi

21 iyun, 17:20 2 283 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Saudiya Arabistonida komendantlik soati bekor qilinadi Foto: «Glas.ru»
Saudiya Arabistonida koronavirus pandemiyasi sabab joriy etilgan komendantlik soatini bekor qilinadi. Bu haqda BBC’ga tayanib, «Interfaks» nashri xabar berdi.

Komendantlik soati 21 iyun, yakshanba kuni bekor qilinadi, biroq shunga qaramay, ko‘plab cheklovlar o‘z kuchida qoladi. Hukumat xorijga sayohat qilish va ziyoratlarga qo‘yilgan taqiqlarni o‘z kuchida qoldirgan.

Hozircha Makkaga Haj ziyoratlarni amalga oshirishga ruxsat qachon berilishi noma’lum. 2020 yilgi Haj ziyoratlari iyul oyining oxirlarida bo‘lib o‘tishi kerak.

Ayrim musulmon davlatlar, xususan, Malayziya va Indoneziya o‘z fuqarolariga joriy yilda Hajga borishni taqiqlab qo‘ygan. Odatda Haj ziyoratlari vaqtida butun dunyodan 2,5 millionga yaqin musulmon Makkaga tashrif buyuradi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus sabab Saudiya Arabistonida 23 martdan boshlab shaharlar aholisining harakatlanishiga taqiq kiritilgan bo‘lib, soat 19:00 dan 06:00 ga qadar komendantlik soati joriy etilgan. Mazkur cheklov 21 kun davomida amalda bo‘lishi belgilangan edi. Makkadagi Al-Harom va Madinadagi Nabaviy masjidlarida mart oyining oxirida jamoat namozlari to‘xtatilgandi va masjidlar Ramazon oyida yopiq holda qolgandi.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida koronavirus bilan kasallanganlar soni 155 mingga yaqinlashib qolgan, hozirga qadar 1,2 mingdan ortiq odam COVID-19 qurboniga aylangan.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 103
  • Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi 23 apr, 20:53 551
  • Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi» 23 apr, 20:00 607
  • Xitoyda poraxo‘r amaldorlarni qidirish bo‘yicha “Tulki ovi” operatsiyasi boshlandi 23 apr, 18:29 177
  • Rossiya dronlari Odessaga hujum qildi: 9 kishi jarohat oldi 23 apr, 15:26 219
  • Amerika Urushni o‘rganish instituti: Rossiya Xarkiv aholisini shahardan qochishga majburlamoqchi 23 apr, 14:36 300
  • So'nggi yangiliklar
  • Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi? 24 apr, 06:00 0
  • OCHL. Yulduzlarni o‘zida jamlagan "Al Hilol" turnirni tark etdi, "Al Ayn" finalda! 24 apr, 05:38 9
  • Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi 24 apr, 00:40 109
  • Shomurodovning kelishini bu jamoa muxlislari intizorlik bilan kutmoqda 24 apr, 00:13 229
  • Timur Kapadze: "Raqibimiz Saudiya bo‘ladimi yoki boshqa bir jamoa, biz o‘z maqsadimizga erishishimiz kerak" 23 apr, 23:48 74
  • Vetnam futzal termasi bosh murabbiyi: "O‘zbekiston — turnir favoriti" 23 apr, 23:20 81
  • Iroq OTJ bosh murabbiyi: "Chorak finalda oson raqib bo‘lmaydi, eng muhimi bor kuchimizni ishga solish" 23 apr, 23:03 71
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston terma jamoasi Vetnam ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi (video) 23 apr, 22:44 112
  • Abbosbek Fayzullayev birdaniga uchta sovringa da’vogar 23 apr, 22:24 203
  • Saudiya Arabistoni OTJ bosh murabbiyi: "Ikki yil avvalgi musobaqada Vetnamni ham, O‘zbekistonni ham mag‘lub etganmiz" 23 apr, 22:20 151
  • Xose Venansio Lopes: "Yarim finalga chiqish uchun Vetnamga qarshi uchrashuvda nazoratni qo‘lga olishimiz talab etiladi" 23 apr, 22:02 91
  • Afg‘onistondagi dalalarga chigirtkalar hujum qildi 23 apr, 21:44 103
  • Bo‘limlar