“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 23 2024, 14:42
ЎЗO‘Z

Seriallarda birga suratga tushib, do‘st tutingan mashhur turk aktrisalari

20 iyun, 12:05 10 105 Madaniyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Seriallarda birga suratga tushib, do‘st tutingan mashhur turk aktrisalari Turk seriallaridagi sevimli qahramonlarimizni gavdalantirgan aktrisalarning hayotda ham do‘st ekanligini bilish yoqimli. Quyida suratga olish maydonchalarida tanishib, do‘stlashgan aktrisalar haqida ma’lumot beramiz.

Hande Erchel va Burju O‘zberk

Foto: «Yandeks Dzen»
Hande Erchel va Burju O‘zberk 2015 yilda «Gunesh qizlari» serialining suratga olish maydonchasida tanishgan. Syujetga asosan opa-singillar rolini jonlantirgan aktrisalar, keyinchalik qalin do‘st bo‘lib qolgan. Ular o‘rtasidagi do‘stlik yaxshi-yomon kunlarda ham sinalgan, bunga Handening onasi vafot etganidan keyin Burju dugonasining yonida turib uni qo‘llab-quvvatlagani, ruhan yordam bergani ham misol bo‘la oladi.

Nur Fettaho‘g‘lu va Selma Ergench

Foto: «Yandeks Dzen»
Suratga olish ishlari erta-yu kech davom etganidan keyin jamoa xohlasa-xohlamasa yaqin bo‘lib ketgani bilan, do‘stlik munosabatlarini har kim ham serial yakuniga yetganidan keyin davom ettiravermaydi. Aktrisalar o‘rtasida mustahkam do‘stona munosabatlarning boshlanishiga «Muhtasham yuz yil» filmi sababchi bo‘lgan. Unda Mohidavron sultonni gavdalantirgan Nur Fettaho‘g‘lu va Sultan Sulaymonning singlisi Hadicha roli orqali yaxshi tanish bo‘lgan Selma Ergench, serial o‘z yakuniga yetgan bo‘lsa ham iliq munosabatlarni saqlab qolgan. Bunga ularning turli ziyofat, tadbirlarga birgalikda tashrif buyurishi va jurnalistlarga bergan intervyularida yaqin do‘stliklari haqida ta’kidlaganlari misol bo‘la oladi.

Neslixon Atagul, Gekche Akyildiz va Bashak Parlak

Foto: «Yandeks Dzen»
O‘zbek muxlislariga «Sevgi iztirobi», «Elchining qizi» filmlari bilan yaxshi ma’lum bo‘lgan Neslixon Atagul, «Ishq sohillari» serialining suratga olish jarayonida Gekche Akyildiz va Bashak Parlak bilan do‘st bo‘lib qolgan. 2019 yilda aktrisa Gekche o‘zining mo‘’jazgina kafesini ochgan va unga dugonalari Neslixon va Bashakni ham taklif qilgan. Aktrisalar imkon topildi deguncha bir-biri bilan muloqotga kirishadigan darajada do‘st ekanliklarini ta’kidlaydi.

Manba: Daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xitoyda sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dunyodagi ilk film treyleri e’lon qilindi (video) 22 apr, 11:55 115
  • Xonanda Farhod rafiqasi bilan ajrashdi 21 apr, 23:33 1 162
  • Og‘ir vaziyatda Lolani qo‘llab-quvvatlaymiz! Faqat... 21 apr, 19:09 1 021
  • Chingiz Aytmatov boshi uzra qora bulutlar yoki qasam bilan mustahkamlangan qarz 21 apr, 17:24 302
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 367
  • Ziroat Mirziyoyeva Marg‘ilonda ilk bor tashkil etilgan inklyuziv ijodiy festivalda ishtirok etdi 20 apr, 10:54 108
  • So'nggi yangiliklar
  • Jizzax viloyatidagi maktablarning birida o‘quvchilar «feodalcha» jazolandi 23 apr, 13:52 8
  • Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O‘zbekistonga keldi 23 apr, 13:18 12
  • Ashurmatovning haydalishi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda 23 apr, 12:51 129
  • Denovdan Toshkentga qarab «yo‘lga chiqqan» sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:31 21
  • Tojikiston va Qirg‘izistondan o‘tkazilgan giyohvandlik vositalari to‘xtatib qolindi 23 apr, 12:08 16
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 22
  • Yevrokomissiya TikTok'ga nisbatan ikkinchi tekshiruvni boshladi 23 apr, 11:23 18
  • U-23 Osiyo kubogi. O‘zbekiston bugun guruh g‘olibligi uchun o‘ynaydi 23 apr, 11:08 130
  • Kreditni qaytarmagan tadbirkor 1,6 mlrd. so‘mlik binosidan ayrildi 23 apr, 10:48 70
  • Tayvanda o‘nlab kuchli zilzilalar sodir bo‘ldi 23 apr, 10:30 74
  • AEXA rahbari: Eron atom bombasini yaratishga yaqin turibdi 23 apr, 10:04 107
  • Tuya suti kundalik ehtiyojga aylanishi kutilyapti 23 apr, 09:39 179
  • Bo‘limlar