“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 17:50
ЎЗO‘Z

Rossiya matbuoti “Lokomotiv” (Moskva) o‘zbekistonlik 18 yashar vunderkindni olayotganini bong urmoqda!

17 iyun, 07:53 3 968 Sport
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Rossiya matbuoti “Lokomotiv” (Moskva) o‘zbekistonlik 18 yashar vunderkindni olayotganini bong urmoqda! Rossiya premer-ligasida O‘zbekiston futboli tarbiyalanuvchilari Eldor Shomurodov va Oston O‘runovning muvaffaqiyatli o‘yinlaridan keyin rus klublarining milliy chempionatimizda to‘p surayotgan iste’dod egalariga qiziqish tobora ortib bormoqda.

Rossiya ommaviy axborot vositalari yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi 18 yoshli Jasur Jaloliddinovni transfer qilish masalalarini yakunlayotgani haqida yozmoqda.

“Lokomotiv” rahbariyati bo‘lajak transfer bo‘yicha “Bunyodkor” klubiga murojaat qildi. Yarim himoyachi ayni paytda 450-500 ming yevroga baholanmoqda va tez orada bu transfer rasmiylashtirilishi kutilmoqda.

Jasur Jaloliddinov 2018 yilning avgust oyida “Bunyodkor” tarkibida debyut uchrashuvini o‘tkazgan. U O‘zbekiston chempionati yuqori ligasida o‘yinga tushgan eng yosh futbolchi sifatida tarixga kirgan. Debyut uchrashuvini o‘tkazgan kuni Jasur 16 yoshu 80 kunlik edi.

Bundan tashqari, hamyurtimiz 2019 yilning oktabr oyida The Guardian nashri tomonidan e’lon qilingan “2002 yilda tug‘ilgan dunyoning 60 nafar eng iqtidorli yosh futbolchilari” ro‘yxatidan joy oldi.

Statistik ma’lumotlarda Jasur Jaloliddinov “Bunyodkor” tarkibida 18 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga uchta gol kiritgan va jamoadoshlariga uchta golli pas uzatgan.

Jasur anchadan buyon Yevropa klublari e’tiborida turganini aytish joiz. U Italiyaning “Benevento” klubiga ham borib, mahoratini oshirib kelgandi. Shuningdek, Turkiyaning “Beshiktosh” jamoasi ham o‘zbek futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirdi. Biroq, futbolchining o‘zi sports.uz portaliga bergan intervyusida unga takliflar ko‘pligi, lekin mutaxassislar va yaqinlari bilan maslahatlashib, legioner sifatidagi faoliyatini Moskvaning “Lokomotiv” jamoasida boshlamoqchiligini ma’lum qilgan edi.

Darhaqiqat, ko‘pchilik uning bu qarorini to‘g‘ri, deb hisoblamoqda. Yevropaning kuchli chempionatlari va mashhur klublariga borgani bilan 18 yoshli futbolchi bor iste’dodini namoyish eta olmasligi yoki unga mahoratini ko‘rsatish uchun yetarli darajada imkon berilmasligi mumkin. Tarixda bunaqa vaziyat ko‘p bo‘lgan. Biz uchun esa bir paytlar yoshligida “Yuventus” bilan shartnoma imzolab, Turin klubi tarkibiga kira olmagan Ilyos Zeytullayevning tajribasi yorqin misol bo‘la oladi.

Bugungi kunda o‘zbekistonlik futbolchilar uchun Rossiya premer-ligasida muvaffaqiyatli to‘p surish orqali Yevropaning kuchli klublari e’tiborini qozonish eng maqbul variantlardan biri bo‘lib qolmoqda. Xususan, “Rostov”da to‘purarlik qobiliyatini ko‘rsatayotgan Eldor Shomurodov aynan Rossiyadagi o‘yinlari bilan yevropaliklar e’tiboriga tushdi.

“Lokomotiv” rahbariyati va “Bunyodkor” o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Jasur Jaloliddinov moskvaliklar bilan shartnoma imzolaganidan keyin yarim yil davomida O‘zbekiston chempionatida to‘p suradi. Keyin Moskvaga uchib ketadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kuvayt U-23 bosh murabbiyi: "Futbolda barcha g‘alaba qozonishni xohlaydi, lekin biz yetarli tajribaga ega emasmiz" 20 apr, 17:45 0
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 2
  • “Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi? 20 apr, 08:49 414
  • Osiyo Kubogi. O‘zbekiston futzal terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi (video) 20 apr, 07:57 52
  • Janni Infantino: "Bu buyuk mamlakat – O‘zbekistondagi birinchi FIFA turniri bo‘ladi" 20 apr, 02:02 219
  • Abbosbek Fayzullayevning qachon Qatarga borishi aniq bo‘ldi! 20 apr, 01:59 349
  • So'nggi yangiliklar
  • O‘lim uchun ko‘paytirilayotgan 18 milliard hayvonlar haqida 20 apr, 16:51 0
  • Avtobusda yonidagi ayolga tegajog‘lik qilgan 45 yoshli erkak 15 sutkaga qamaldi 20 apr, 16:30 0
  • Erta tongda jang: Bektemir Meliqo‘ziyev raqibidan og‘irroq tosh bosdi 20 apr, 16:08 2
  • “O‘zbekkonsert” xonanda Lola bilan uning kiyinish madaniyati yuzasidan suhbat o‘tkazdi 20 apr, 15:43 3
  • Eron zarbasi katta zarar yetkazmadi, lekin Isroil baribir yutqazdi... 20 apr, 15:15 17
  • Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lini ta’mirlash uchun $153 mln kredit olinadi 20 apr, 14:50 29
  • Muxolifatchi Volkovga suiqasd uyushtirishga buyurtma bergan shaxs ushlangani ma’lum qilindi 20 apr, 14:24 44
  • O‘zbekiston avtomobil bozorida ketma-ket uchinchi oy faollikning pasayishi kuzatildi 20 apr, 14:03 52
  • NATO Ukrainaga havo hujumidan mudofaa sohasida yordam va’da qildi 20 apr, 13:58 41
  • AQSH Isroilning jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan sanksiyalar joriy etdi 20 apr, 12:56 46
  • Dushanbeda O‘zbekiston elchixonasining yangi binosi ochildi (foto) 20 apr, 12:28 86
  • Sutni me’yordan ortiq iste’mol qilish yurak xurujiga sabab bo‘lishi mumkin 20 apr, 12:05 32
  • Bo‘limlar