“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 12:19
ЎЗO‘Z

Chirchiq shahri «qizil» hududga aylandi

12 iyun, 19:40 2 618 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Chirchiq shahri «qizil» hududga aylandi Toshkent viloyatining Chirchiq shahri 11 iyundan boshlab «yuqori xavfli hudud» sifatida toifalandi va «qizil» hududga aylandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.

«Chirchiq shahri «qizil» hudud toifasiga kirishi munosabati bilan, barcha blokpostlardagi nazorat kuchaytirilgan holda ish olib borilishi ko‘zda tutilgan. Avtotransport vositalarini qatnovi ertalab 7:00dan 10:00ga qadar hamda 17:00dan 20:00ga qadar amalga oshiriladi. Karantin qoidalariga to‘liq rioya qiling!», deyiladi hokimlik xabarida.

Toshkent viloyati hokimligi ham viloyatda turli ranglarga toifalangan hududlarda o‘zgarish bo‘lishi kutilayotgani haqida xabar bergan. Unga ko‘ra, yana ikki hudud - Chirchiq shahri va Bekobod tumani «qizil» hududlar qatoriga kiritilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Toshkent viloyati markazi Nurafshon shahri (To‘ytepa) «sariq»dan «yashil»ga o‘tishi rejalashtirilgan.

Koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan kelib chiqqan holda viloyatning tegishli mutasaddilari tomonidan hududlardagi ahvol quyidagicha baholanmoqda:

«Qizil» hudud: Chirchiq shahri, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Qibray, Parkent, Piskent, Chinoz, Yangiyo‘l, Toshkent tumanlari.
«Sariq» hudud: Angren, Yangiyo‘l shaharlari, Bo‘stonliq, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari.
«Yashil» hudud: Nurafshon, Olmaliq, Ohangaron shahri, Ohangaron tumani, Bo‘ka, Quyi Chirchiq tumanlari.
Mazkur o‘zgarishlar Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshirilishi eslatib o‘tilgan.

Chirchiq shahri va Bekobod tumani 6 iyun holatiga ko‘ra, «sariq» hududlar qatoriga kiritilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 10 iyun kuni Bekobod tumanida aholi orasida kasallanish holati aniqlangandi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 73
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 535
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 485
  • So'nggi yangiliklar
  • MIB xodimi va ikki soliqchi jinoyat ustida ushlandi 25 apr, 11:55 2
  • Moskva viloyati hukumati rahbarining sobiq o‘rinbosari qo‘lga olindi 25 apr, 11:33 16
  • Atmosfera havosini zararlayotgan 500 dan ortiq avtomobil egalariga chora ko‘rildi 25 apr, 11:12 30
  • Xose Venansio Lopes: Raqibimiz jahonning eng kuchli terma jamoalaridan biri ekanini yaxshi bilamiz 25 apr, 11:05 82
  • O‘zganing nomiga onlayn qarz olib, pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 25 apr, 10:35 36
  • Pentagon Ukrainaga yangi yordam paketining tarkibini ochiqladi 25 apr, 10:11 101
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 39
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 82
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 44
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 233
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 215
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 37
  • Bo‘limlar