“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 16 2024, 21:37
ЎЗO‘Z

Bayden Trampni kuch bilan chetlatishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini aytdi

12 iyun, 06:00 2 664 Dunyo
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bayden Trampni kuch bilan chetlatishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini aytdi Foto: AP
Oq uy matbuot kotibi Keyli Makenani AQSHning sobiq vitse-prezidenti, navbatdagi prezident saylovlariga nomzod Jo Baydenning AQSH prezidenti Donald Tramp saylovlarda g‘alabani o‘g‘irlashga harakat qilishi va shu sababli uni lavozimidan kuch bilan chetlatishga to‘g‘ri kelishi mumkinligi haqidagi taxminini bema’ni deb atadi.

“Matbuot kotibi Jo Baydenning “bema’ni taxminlari”ni rad etdi”, deb yozgan CBS News telekanali jurnalisti Mark Noller.
Uning ta’kidlashicha, Oq uy matbuot kotibi Tramp “saylovlarni sabrsizlik bilan kutayotganini” va demokratlarni fitnalar nazariyasini ilgari surishni bas qilishga chaqirganini aytgan.

The Hill nashrining xabar berishicha, 10 iyunda Demokratlar partiyasidan prezident lavozimiga nomzod Jo Bayden demokratlar nomzodi saylovlarda g‘alaba qozongudek bo‘lsa, Trampni Oq uydan kuch bilan olib chiqishga to‘g‘ri kelishiga ishonchi komilligini aytgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Bayden Trampning AQSHdagi namoyishlarga javob choralari borasida tanqidiy fikrlar bildirgan bir qator sobiq yuqori lavozimli harbiylarni sanab o‘tgan. Bayden bu shaxslarning e’tirozlarini Tramp saylovlar natijalarini qabul qilmasa, unda harbiylar vaziyatga aralashishlarining isboti sifatida keltirib o‘tgan.

Men va’da beraman, mening ishonchim komil, ular uni [Trampni] Oq uydan tezda olib chiqishadi”, deb aytgan Bayden.

Bundan tashqari, sobiq vitse-prezident Tramp noyabrda o‘tadigan prezident saylovlarida “g‘alaba”ni o‘g‘irlashga harakat qilishini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Trampning ovoz berishni koronavirus pandemiyasi sababli pochta orqali o‘tkazilishiga qarshilik qilayotgani ovoz berish huquqini bostirishga qaratilgan urinishlarining bir qismi hisoblanadi.

Bu meni tashvishlantirayotgan yagona narsa. Ushbu prezident saylovlarda g‘alabani o‘g‘irlashga urinishni amalga oshirmoqchi”, deb ta’kidlab o‘tgan Bayden.

The Hill nashrining ta’kidlashicha, pandemiya sababli ko‘plab shtatlar saylov uchastkalari to‘lib-toshishidan qochish maqsadida ovoz berishni pochta orqali o‘tkazish variantini ko‘rib chiqishgan. Tramp shtatlarning bu qarorini tanqid qilib, bunday ovoz berish firibgarlik ehtimolini oshirishini aytgan.

Joriy hafta boshida Tramp saylovoldi shtabi CNN telekanaliga Bayden Trampni prezident lavozimiga nomzodlar qo‘llab-quvvatlanishi reytingida 14 foizga ortda qoldirayotganini ko‘rsatgan so‘rovnomani ortga chaqirtirish talabi bilan maktub yo‘llagan.

Bu nayrang va soxta so‘rovnoma. U prezident tarafdorlarida qiziqish va ishtiyoqni bo‘g‘ishga va Amerikada prezidentning qo‘llab-quvvatlanishi borasida yolg‘on tasavvurni namoyish qilishga qaratilgan”, deyilgan maktubda.

Tramp saylovoldi shtabi ushbu so‘rovnomaga raddiya berishni va uzr so‘rashni talab qilgan. CNN o‘z navbatida ushbu talabni bajarishni rad etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 147
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 104
  • Turkiya tibbiyot turizmidan 2,3 milliard dollar ishladi 16 apr, 15:59 33
  • Netanyahu Isroil Eron hujumiga qanday javob bermoqchiligini aytdi 16 apr, 15:03 344
  • Isroil Eronga zarba berishdan boshqa chorasi yo‘qligini e’lon qildi 16 apr, 14:20 270
  • Ozarbayjon TIV Armanistonga chaqiriq bilan chiqdi 16 apr, 13:46 170
  • So'nggi yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev 12 hududda oqsayotgan jarayon haqida gapirdi 16 apr, 21:00 0
  • Italiya futbolini yorituvchi L'Unione Sarda nashri: “Bu ikkisidan ehtiyot bo‘ling” 16 apr, 20:35 2
  • Malayziya bosh murabbiyi: "O‘zbekistonni yutish uchun eng zo‘r o‘yinimizni namoyish etishimiz shart" 16 apr, 20:20 1
  • U-23 Osiyo kubogi. Timur Kapadze: "Har bir jamoa musobaqani g‘alaba bilan boshlashni istaydi" 16 apr, 19:56 3
  • Shomurodovning oxirgi goli jamoadoshini rekordchiga aylantirdi 16 apr, 19:40 26
  • "Andijon"ning toza goli inobatga olinmagan, "Nasaf" tepgan penalti noto‘g‘ri, lekin ... 16 apr, 19:13 38
  • Dollarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi 16 apr, 18:57 29
  • Crocus terakti bo‘yicha ayblanayotgan ikki tojikistonlik hibsga olinishi yuzasidan shikoyat qildi 16 apr, 18:30 145
  • Buni eng irodasizlar ham eplay oladi: Allen Karrning chekishni tashlashda yordam beruvchi “Kashandalikdan qutulishning oson yo‘li” kitobi o‘zbek tilida chop etildi 16 apr, 18:17 20
  • O‘zbekistonliklar Latviyaga ishga taklif qilinmoqda 16 apr, 17:42 104
  • Cobalt avtomashinasida salkam 30 mln. so‘mlik jarima aniqlandi 16 apr, 17:02 46
  • Turkiya: “G‘azoni unutib qo‘ymang” 16 apr, 16:25 104
  • Bo‘limlar