“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 10:54
ЎЗO‘Z

II yarim yillikda inflyatsiyaning sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda

11 iyun, 15:55 1 956 Iqtisodiyot
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
II yarim yillikda inflyatsiyaning sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda Karantin choralarining bosqichma-bosqich yumshatilishiga qaramay, iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlarning istiqbollari bo‘yicha ikki tomonlama omillar – bir tomondan, yalpi talabning zaiflashishi bilan bog‘liq pasaytiruvchi omil va ikkinchi tomondan cheklangan taklif sharoitida narxlarning o‘sishiga ta’sir qiluvchi omillar bilan bog‘liq noaniqliklar saqlanib qolmoqda.

Markaziy bank xabariga ko‘ra, asosiy savdo hamkorlar iqtisodiyotining tiklanishi hamda biznes yangi iqtisodiy voqeliklarga moslashishining uzoqroq muddatga cho‘zilishi ma’lum bir noaniqliklarni keltirib chiqaradi.

“Bunda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligi va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash uchun asosiy mahsulotlarning zaxiralarini to‘ldirish va taklifini oshirish choralarini ko‘rish zarur.

Birinchi yarim yillik oxiriga kelib, almashuv kursining aprel oyidagi tashqi va pandemiya sharoitlariga to‘g‘rilanishining ta’siri pasayishi hamda yillik inflyatsiyaning joriy darajasi (14-14,5 foiz) saqlanib qolishi kutilmoqda”, - deyiladi ma’lumotda.

Qayd etilishicha, Markaziy bank yil oxiriga qadar inflyatsiya prognozini 11-12,5 foiz darajasida saqlab qolishi va bunda II yarim yillikda inflyatsiyaning sezilarli darajada pasayishi kutilmoqda. Mazkur kutilmalarning asosiy omillari sifatida faollikning asta-sekin tiklanishi bilan yalpi taklifning talab bilan muvozanatlashishi hamda tartibga solinadigan narxlarning o‘zgarishsiz saqlanib qolishini keltirish mumkinligi aytiladi.

Iyun va iyul oylarida yillik inflyatsiya pasayish tendensiyasining oraliq maqsadli ko‘rsatkichlardan past darajada saqlanib qolishi yilning II yarmida asosiy stavkani pasaytirish uchun sharoit yaratadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 65
  • O‘zbekiston Ozarboyjonda anorzorlar barpo etishni rejalashtirmoqda 23 apr, 11:48 54
  • Malayziya O‘zbekistonda elektrotexnika sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirmoqchi 20 apr, 21:14 66
  • Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi 19 apr, 17:12 116
  • Dollar kursi yangi marra sari yaqinlashmoqda 18 apr, 18:48 215
  • O‘zbekistonda 1 gramm oltin narxi 1 mln so‘mdan oshdi 17 apr, 19:48 142
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil Madrimov—Terens Krouford boks oqshomining kardi e’lon qilindi 25 apr, 09:48 0
  • Isroil Madrimov: Kroufordni hurmat qilaman, lekin bu mening divizionim 25 apr, 09:29 49
  • Xavi “Barselona”dagi faoliyatini davom ettirishga rozi bo‘ldi 25 apr, 09:10 28
  • Xonanda Avazbek Olimovdan “Sevar yorim” qo‘shig‘ini ruxsatsiz kuylab kelayotgani uchun 540 mln so‘m undirish so‘ralmoqda 25 apr, 08:44 117
  • Qozog‘iston bosh vaziri o‘rinbosari Kobulda “Tolibon” vakillari bilan uchrashdi 25 apr, 08:20 189
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 26
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 207
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 52
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 145
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 361
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 161
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 65
  • Bo‘limlar