“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 25 2024, 08:55
ЎЗO‘Z

Nurmat Otabekov: Toshkentda kasallik kimdan, qanday yo‘l bilan tarqalgani noma’lum holatlar bor

09 iyun, 10:50 2 897 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Nurmat Otabekov: Toshkentda kasallik kimdan, qanday yo‘l bilan tarqalgani noma’lum holatlar bor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov quyidagilarni ma’lum qildi:

– Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar soni 4 ming 448 nafarga yetdi. 3 ming 357 nafar bemor to‘liq sog‘aygan. Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, shifoxonalarda 1 ming 73 bemor davolanmoqda, 8 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Koronavirus kasalligi bo‘yicha epidemik vaziyat murakkabligicha saqlanib turibdi. Yangi kasallanish holatlarining barchasi Toshkent shahri aholisi orasidan aniqlangan. Ushbu holatlar bo‘yicha epidemik surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Biz kasallikni, afsuski, kimdan, qanday yo‘l bilan tarqalganini, kasallik manbai kimligini aniqlolmagan holatlarimiz bor.

Shunday ekan, har birimiz ehtiyot choramizni ko‘rishimiz kerak. Birinchi galda o‘zimizni ehtiyot qilsak, oila a’zolarimizni ehtiyot qilgan bo‘lamiz. Doka niqob bu – himoya vositasi, undan foydalanishimiz shart. Muloqotda masofani saqlashimiz, odamlar to‘plangan joylarga borishdan tiyilishimiz, qolaversa, uyga qaytganda dastlab qo‘llarimizni antiseptik vositalar bilan zararsizlantirishimiz shart.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Vazirning “dakki”si, bu ishlardan zerikkan Jo‘rayevlar oilasi va Botir Qodirovning iqrori... 24 apr, 21:37 382
  • Zohirshoh Jo‘rayev Botir Qodirov bilan o‘tayotgan sud yuzasidan izoh berdi 24 apr, 18:50 634
  • Orolbo‘yidan dinozavr izi topilgani rostmi? 24 apr, 18:06 95
  • Hamkorlik davom etmoqda 24 apr, 15:05 69
  • So'nggi yangiliklar
  • Bayden tegishli qonunni imzoladi: AQSHda TikTok bloklanishi mumkin 25 apr, 07:46 4
  • Rossiyada «katta baliq» to‘rga tushdi. U nimada ayblanmoqda? 25 apr, 07:13 81
  • Yashil hududlarda yashash depressiya va tashvishni kamaytiradi 25 apr, 06:38 12
  • AQSH Ukrainaga yashirincha ATACMS raketalarini yetkazib berdi 25 apr, 06:00 86
  • O‘zbek professional boksi tarixidagi eng katta jang tasdiqlandi! 25 apr, 00:33 280
  • Xose Venansio: Eronga qarshi o‘yindagi g‘alaba Jahon chempionati oldidan jamoamizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi 25 apr, 00:23 127
  • O‘zbekiston birinchi chorakda 2,7 mlrd dollarlik oltin sotdi 25 apr, 00:06 45
  • Eronda reper Tumoj Solihiy o‘lim jazosiga hukm qilindi 24 apr, 23:35 213
  • Shoyguning o‘rinbosari hibsga olindi. Bu ish haqida hozirgacha nimalar ma’lum? 24 apr, 23:12 227
  • Olimlar 2024 yilda kuchli jaziramadan aziyat chekishi kutiladigan hududlarni aytdi 24 apr, 22:42 291
  • Rossiya mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanov tergov izolatoriga jo‘natildi 24 apr, 22:20 111
  • Yevrokomissiya rahbari: “Rossiyaning Ukrainadagi g‘alabasi Yevropa tarixini o‘zgartiradi” 24 apr, 22:00 331
  • Bo‘limlar